Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Oʻzbekiston-Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi. 1993 yil 20



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə51/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Oʻzbekiston-Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi. 1993 yil 20-iyunda Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi. Do‘rmon Qarorgohida bo'lgan uch-rashuvda Oʻzbekiston va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlami yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tkki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibda-gi muzokaralari Xalqlar Do‘stligi saroyida davom ettirildi. Bu yerda O‘zbek-Ukrain hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unda «Oʻzbekiston Respubli-kasi va Ukraina o‘z munosabatlarini uzoq muddatli umumiy manfa-atdorlikka ega do‘st davlatlar tarzida rivojlantirishrn mo‘ljallaydi», deb yozib qo‘yildi. Shuningdek, muzokaralar davomida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani chu-qurlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartno-maning 1-moddasida «tomonlar iqtisodiy islohoʻllami o‘tkazish jarayonida harakatlami muvofiqlashtiradilar, Oʻzbekiston Respublikasi va Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik xo'jalik sub-yektlari, viloyatlari hamda mintaqaviy tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalaming saqlanib qolishi va rivojlanishiga ko‘maklashadilar»,-deb aniq aytildi.
21-iyun kuni har ikki davlat munosabatlarini yanada yaxshi-lashga qaratilgan hujjatlar qabul qilingandan so‘ng Leonid Kuchma Samarqandga tashrif buyurdi, shahaming diqqatga sazovor joylarini ko‘rdi. Registon maydonida Leonid Kuchma o‘zbekistonlik bir gu-ruh ikkinchi jahon umshi qatnashchilariga «Ukraina ozod etilganli-gining 50 yilligi medali» va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov 1996-yil 27-may kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Prezident Sa-royida I.Karimov va Ozarbayjon Prezidenti H. Aliyev ikki mamla-kat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, ikki mam-lakat o‘rtasida sarmoyalami o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash, soliq, bojxona, havo yo‘llari, avtomobil va temir yo‘llar aloqalari, yuk tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin hujjat imzoladilar. I.Karimov Boku Davlat Universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u talabalar bilan uchrashdi. Oʻzbekiston Davlat rahbariga iqtisodiyot, fan, maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Boku Universiteti doktori degan faxriy unvon berildi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin