Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


-yilning birinchi choragida mahsulot ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə48/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

2006-yilning birinchi choragida mahsulot ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan va 402 mln. AQSH dollarini tashkil etgan («HapoflHoe cjiobo», 2006-yil, 16-may).
Ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ham o‘nlab oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, bunday hamkorlik iqtisodiyot, servis, tibbi-yot, boshqaruv, tilshunoslik, pedagogika, qishloq xo‘jaligi, infor-matika va yangi sanoat texnologiyalari sohasida yuksak malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Ayni paytda Toshkentda MDU hamda Plexanov nomidagi Moliya akademiyasining filiallari tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 676 maktabda rus tilida dars olib boriladi, ularda 250 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Mustaqillik yillari respublika kutubxonalari yangi adabiyoʻllar bilan boyitildi. Respublikada har yili rus tilida 1,0-1,2 mln. adadda 40^45 nomda darslik va qoʻllanmalar nashr qilinadi. Rus tilida 85 ta gazeta va 52 ta jumal chop etiladi.
Ikki mamlakat fan, madaniyat va jamoat arboblarining tashab-busi bilan 2004-yilning mart oyida Moskvada o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan «Oʻzbekiston madaniyati va san’ati Fondi»ning taqdimoti boʻlib o‘tdi.
Ikki mamlakatning taniqli san’at va madaniyat arboblarining uchrashuvlari, milliy teatrlar gastrollari hamda musawirlar ko‘rgazmalari doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Fede-ratsiyasi o‘rtasida gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish Kompleks dasturi loyihasi tayyorlanmoqda.
Toshkentda Rossiya hukumati huzuridagi xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik Rossiya markazining vakolatxonasi («Poc3a-py6eqeHTp») faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekiston bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qi-ladigan turli tadbirlami qoʻllab-quwatlab kelmoqda. Shu ma’noda, 2005-yilning noyabrida Oʻzbekiston-Rossiya madaniy hamlcorligining 2005-2006-yillarga moʻljallangan Dasturining imzolangani bu yoTdagi muhim qadam boʻldi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan vatexnologiyalami rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi bilan birgalikda Suffa platosida radiastronomiya observatoriyasini qurish rejalashtirilayotgani ham e’tiborga loyiqdir.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga tayanib, Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari har qachongidan mustahkamlanib borayotganini ta’kidlash mumkin. Ittifoqchilik shartnomasi ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin hamkorlik munosabatlarining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli ras siyosatshunosi A.Migranyanning ta’kidlashicha, Rossiya bilan ittifoqchilik aloqalari Oʻzbekiston xavfsizligi va bar-qaror taraqqiyotini yuqori darajada ta’minlaydi («IIpaBfla BocTOKa», 2005-yil 23-noyabr). Uning fikricha, ikki mamlakatning o‘zaro ya-qinlashuvi postsovet makonida bir talay omillar bilan belgilangan taraqqiyot tendensiyalarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan dalolat beradi. Olimning ta’kidlashicha, postsovet makonda integ-ratsiya jarayonlarining yangi bosqichi ikki tomonlama va ko‘p to-monlama darajada (YevrAzES), jumladan, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sifat jihatidan mutlaqo yangi munosabatlar vujudga kelayotgani anglab yetilayotganidan darak berayotir.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin