15-mavzu. O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzini ortib borishi (2 soat ) “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, taʼlim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Ushbu ko‘rsatkichlarni oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida quyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmoqda: “Biznes yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi”indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi.
III. Seminar mashg’ulotlari uchun tavsiya etilgan mavzular 1-modul. Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida 1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja: 1. XX asr 80-yillari oʻrtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.
Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati: “Paxta ishi”, “Oʻzbek ishi” nomli kampaniyalar.
Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari.