1.1.Fanning maqsadi va vazifalari. Fanni o’qitishdan maqsad – Jahon tarixining ilk o`rta asrlardan yangi tarix davrigacha bo’lib o’tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy sohalarda sodir bo’lgan voqеa va hodisalarni talabalarda sivilizatsion yondashuv asosida tushuncha hosil qildirish hamda bilim va ko’nikmalarni shakillantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – dunyo xalqlarida feodal munosabatlarning paydo bo`lishi, qaror topishi va rivojlanishi va shu davrdagi tarixiy taraqqiyot jarayonlarini puxta o’zlashtirish bo’lajak tarixchi talabalar oldidagi muhum vazifa bo’lmog’i zarur. Talabalarning dunyoqarashini, ilmiy - nazariy tafakkurinitakomillashtirish, o'tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik vatarixiylik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqelikka munosabat bildiradigan,umuminsoniy qadriyatlar asosida yondoshadigan, erkin fikrlaydigan komil inson qilibtarbiyalashdir. Shuningdek, talabalarda kelajakda o'z sohalari bo'yicha faoliyatlaridavomida amaliy ahamiyat kasb etuvchi malaka va ko'nikmalarini shakllantirish varivojlantirishdan iborat. 1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida” gi qonunda bo’lajak tarixchi talabalar bilimiga katta talablar qo’yilgan: jahon tarixi fani predmeti, maqsad va vazifalari; tarix kursining davrlashtirish printsiplari; jahon tsivilizatsiyalari va ularning xususiyatlari; davlat uyushmalari, shahar-davlat va davlat birlashmalari; turli tarixiy davr va bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoli; davlatlarning ichki va tashqi siyosati; xalqaro munosabatlar; ijtimoiy harakatlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish; tarixiy jarayonlar tasnifi; ijtimoiy hodisalani taqqoslash va ilmiy xulosa chiqarish; tarixiy voqealarga xolisona baho berishni bilishi, tarixiy voqealikni tadqiq etish; ijtimoiy jarayonlarni dialektik o’rganish; voqealiklarning tarixiy asoslarini tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.