O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI.
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI
AXLOQIY TARBIYANING MAVJUD METODLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA YANGICHA YONDOSHUVLAR
mavzusidagi bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Bajardi: Boboqulova Dilobar Fatillayevna
Boshlang`ich talim va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi
Talabasi
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi H.B.Aliqulova
Rasmiy hakam: p.f.n. F.Aminova
Navoiy-2012
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………..
|
|
1-BOB. “MA’NAVIYAT – INSONNING ULG’AYISHI VA KUCH-QUDRATINING MANBAI”
|
|
1.1. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida axloqiy tarbiya to’g’risidagi pedagogik qarashlari
|
|
1.2. Axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishga yangicha yondoshuvlarning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni.
|
|
2-BOB. AXLOQIY TARBIYANING MAVJUD METODLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA YANGICHA YONDOSHUVLARDAN FOYDALANISH YOLLARI
|
|
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim jarayonida axloqiy tarbiya berish yollari
|
|
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda axloqiy tarbiyalashda pedagogik texnologiyalarni qo’llash yo’llari
|
|
Umumiy xulosalar va tavsiyalar
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
|
Kirish
Tarbiya – insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir.
Islom Karimov
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritib suveren davlat sifatida taraqqiy etish jarayonida siyosiy imkoniyatini qo’lga kiritganligidan boshlab tarixan qisqa vaqt mobaynida asrlarga teng yutuqlarni qo’lga kiritishga muvoffaq bo’linmoqda. Ana shunday yutuqlardan biri yosh avlodni, ayniqsa ta’lim oluvchi talabalarni o’z vataniga mehr – muxabbat qo’yadigan, sodiq va barkamol, bilimdon, komil – insonli avlodni voyaga yetkazishning to’la imkoniyati yaratilganligidir. Ana shunday imkoniyatlarga keng yo’l ochib berishga xizmat qilayotgan, prezidentimiz tashabbusi bilan 1997 yil 27 avgustida Oliy Majlisning IX – sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinganligidir. Bu qonun va «Milliy dastur»ning asosiy maqsadi kelajakda o’z vataniga sodiq, bilimdon, raqobatbardosh ixtisosli mutaxassis kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bo’lsada, buning uchun ta’lim tizimini, qaramlik asoratidan, qizil mafkuraviy tushuncha va sarqitli qarashlardan batamom xolis etishdan, kelajakda rivojlangan demokratik davlat darajasiga muvofiq keladigan ma’naviyatli, barkamol, yuksak malakali kadrlar ni milliy g’oya ruxida tayyorlab, berishdan iboratdir.
Yurtboshimiz I.A. Karimov o’zining so’zlagan nutqlaridan birida bejiz aytmagan: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotning ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir”1 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy, axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Ma’naviy, axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi, Respublikamizdagi barcha fuqarolarining ma’naviy madaniyatini shakllantirish orzusi yotadi. CHunki shaxs tafakkurini o’stirmasdan, uning ma’naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy madaniy jabhalardagi vazifalarni bajarish, milliy istiqlol mafkurasini to’la-to’kis yaratish mumkin emas. Mustaqil Respublikamizda mustaqillik yillardan boshlaboq ta’lim sohasiga nihoyatda katta e’tibor qaratilib, amalga oshirilayotgan islohotlar o’quvchi yoshlarni har tomonlama kamol topishlari uchun zamin tayyorlamoqda. Barkamol avlod uchun zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar mohiyati ko’p jihatdan ertangi kun yoshlariga hamda ta’lim –tarbiya ishlarni to’g’ri tashkil qilishga bog’liq bo’ladi.
Ayni vaqtda eng muhim vazifalaridan biri, yoshlarni ta’lim - tarbiya sohasida axloqiy tarbiya berishda yangicha yondashuv zarur. CHunki yoshlar orasida turli zararli oqimlarga kirib ketish, ichkilik va odob-axloq me’yorlaridan chekinish holatlari kelib chiqmoqda bu biz tanlagan bitiruv malakaviy ishimizning asosiy dolzarb muammosidir. Yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish axloqiy tarbiyani ta’lim-tarbiya jarayonida yangicha yondoshish, sifat, mazmun jihatdan to’g’ri tashkil etishdan iborat. Bu vazifani hal etish yo’llarini o’quv jarayonini oqilona yo’lga qo’yishdan, uning ortib borayotgan ahamiyatidan qidirish lozim.
Bugungi kunga kelib, O’zbekiston uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan boyitishda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondoshib ish olib bormoqdalar va yaxshi ko’rsatgichlarga erishib kelmoqdalar.
Mustaqil Respublikamizda ta'lim tizimida qo`llanilayotgan «Ta'lim to’g`risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash miliy dasturidan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash lozimki, bugungi kundagi barcha islohatlar inson manfaatlariga qaratilgan. Har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson o`zida madaniyat, ma’naviyat, iymon-e'tiqod, mehr-shafqat, insonparvarlik, vatanparvarlik, saxiylik, go’zallik, milliy g`urur kabi fazilatlarni shakllantirish insonni ulug`lagan. Bolalarga oiladan boshlab, bog`chadan, maktabdan jamoat joylarida o`zini tutish va o`z-o`zini boshqarish odobiga o`rgatishda axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligi ma'lumdir. Bu borada ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish borasida o`quvchilarini jamoat joylarida o`zini tutish va o`z-o`zini boshqarish odobiga o`rgatishda axloqiy tarbiyaning ahamiyati katta ekanligi takidlab o’tilgan.
Axloq,arabcha so’z bo’lib,ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi.Axloq bizning hayotimizda va ongimizga faol ta’sir etadi, kishilik jamiyati nomidan yaxshilik bilan yomonlik,adolat bilan adoltsizlik,mehr bilan zulm o’rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul,man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni,hatti-harakatlarni belgilab beradi. Axloqiy tarbiya insonni ezgullikka etaklaydi. Demak,axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
SHuning uchun bu mavzu dolzabligini bugungi kunda yo’qotmagan holda mening bitiruv malakaviy ishim mavzusining yo’nalishini, izlanishini, dolzarb va zamonaviyligini belgilashga asos bo`ladi. Ta'lim-tarbiya borasidagi bunday yo'l, asta-sekin maktabni tegishli tarzda inqirozdan qutqarib, boshi berk ko'chadan nurafshon yo'lga olib chiqishiga umid bog'lasa bo'ladi. Zero, dunyo madaniyati xazinasidan munosib o'rin olgan ota-bobolarimizning go'zal xulq atvori madaniyati,axloqiy tarbiya haqidagi meroslaridan, ko'pni ko'rgan buva va buvilarimizning o'git, pand va nasihatlaridan, pedagog –olimlarimizning axloqiy-tarbiya haqidagi ta’limotlaridan foydalanib ish yuritsakgina ko'zlangan maqsadga erishsak bo'ladi.
Shunday ekan, yoshlarimiz yaxshi bilim olishlari, sog'lom, tetik va aqlan ziyrak ma’naviy va axloqiy go’zal bo'lishlari kerak. Buning uchun asosan oilada, ta’lim-tarbiya muassasalarida yoshlarga katta e'tibor berilishi, bunda yoshlarni zamon talabiga xos ravishda tarbiyalanmog'i lozim.Buning uchun biz Navoiy viloyati Navoiy shahri №5-sonli umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishga yangicha yondoshuvlarini maqsad qilib oldik.
Muammoning o’rganilganlik darajasi: Bir qator pedagog olimlar: R.Mavlonova, O.To’rayeva, A.Q.Munavvarov, K.Xoshimovlar, Ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarni mustaqil fikrga ega bo’lishi, ijtimoiy faolligini oshirish va yanada rivojlantirish kabi jarayonlar rivojlanishini tadqiq etishgan bo’lsalar, respublikamiz olimlari: O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, E. G’oziyev, SH.Abdullayevalar yoshlarda kechayotgan axloqiy nuqsonlarni bartarab etish yo’llarini buning uchun ularda ijodiy qobiliyatlari, iste’dodlarini shakllantirish muammolariga bag’ishlangan tadqiqot ishlarini olib borganlar. O.Musurmonova, S. Nishonovalar bolalarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni kamol toptirishga doir tadqiqot ishlari olib borishganlar.
Tadqiqotning maqsadi: boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari, axloqiy tarbiyani o’quvchilar ongiga singdirishda yangicha yondashuv yo’llarini topish hamda mazkur muammoni nazariy jihatdan asoslash, shart-sharoitlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti: boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvining pedagogik shart-sharoitlari tashkil qilish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirish yangicha yondoshuv va samarali yo’llari, metod va shakllari.
Ilmiy jihatdan yangi ekanligi;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvi ilmiy-nazariy jihatlari asoslandi;
- Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyani mavjud metodlar orqali shakllantirish jarayoni aniqlandi;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvining asosiy mezonlari belgilandi.
Agar:
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvilari ilmiy - amaliy asosga ega bo’lsa;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvining pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarni ma’naviyati va axloqiy xulqi, ijtimoiy faolligini oshirishga erishilsa;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvining samarali yo’llari, shakl va metodlari maqsadga muvofiq tashkil etilsa;
- Boshlang’ich sinf o’quvchilariga mo’ljallangan yaxlit tarbiya nazariyasini rivojlantirish samaradorligi ortadi.
Tadqiqotning vazifalari:
-
boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirish qaratilgan pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish
-
boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuv jarayonini belgilash.
-
boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvida hamkorlik yo’llarini va ta`lim-tarbiya jarayonida foydalinlganda o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishlik ko`rsatkichlari aniqlash.
Taqdiqot metodlari: ilmiy nazariy tahlil; pedagogik tahlil; pedagogik kuzatuv; suhbat; intervyu; so’rovnomalar; tajriba-sinov; qiyosiy tahlil; matematik –statistika; natijalarni umumlashtirish;
Tadqiqotning metodologik asoslari: Respublika Prezidenti I.A.Karimovning ta’limni isloh etishga doir g’oyalari “Barkamol avlod yili”dasturi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Respublika hukumati hamda vazirliklarning ta’lim-tarbiyani yangilashga doir me’yoriy xujjatlari, SHarq mutafakkirlarining axloqiy tarbiyaga oid qarashlari.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy pedagogika, tarbiyaviy ishlar metodikasi nazariy yondashuvlar bilan boyitildi, ta’lim jarayonida esa ilmiy metodik tavsiyalarga ega bo’lindi. SHuningdek, natijalardan yoshlarda axloqiy tarbiyani oilada, bog’chada, maktablarda shakllantirishda foydalanishlari mumkin.
Tadqiqot ishining sinovdan o’tganligi: tadqiqot ishi Navoiy viloyati Navoiy shahrida sinovdan o’tdi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, umumiy xulosalar, adabiyotlardan iborat.
I.BOB. “MA’NAVIYAT – INSONNING ULG’AYISHI VA KUCH-QUDRATINING MANBAI”
I-1. Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida axloqiy tarbiya to’g’risidagi pedagogik qarashlari
Ma’naviyat shunday kuchki, insonni ulug’ Bunyodkorlikka, Vatanparvarlikka, Ezgulikka yetaklaydi. U insonni ezgu maqsadlar qo’yishga va uni amalga oshirish yo’lida fidoyilarcha o’zini bag’ishlashga undaydi. Ma’naviyat insonning g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy pozitsiyasini belgilab beradi. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish davr talabidir.
Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasini asosiy maqsadi vazifasi bo’lishi lozim, deb ta’kidlaydilar yurtboshimiz. .
Ma’lumki, istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish va rivojlantirish masalasi davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanib, Prezidentimiz Islom Karimovning doimiy e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Yurtimizdagi barcha islohotlar qatori bu sohadagi tarixiy o’zgarishlar ham davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va rahnamoligi ostida amalga oshirilmoqda. Xususan, ushbu sohada tub burilish yasagan, ta’limning ma’no-mazmunini butunlay o’zgartirib yuborgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi kabi mustaqil taraqqiyotimizda tom ma’noda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan muhim hujjatlar YUrtboshimizning yosh avlod haqidagi g’amxo’rlik va e’tiborining amaliy ifodasi sifatida vujudga kelganini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan ana shu qonun hujjatlari asosida diyorimizda ta’limning bugungi talablarga to’liq javob beradigan zamonaviy modeli shakllandi va uning samarali faoliyati nafaqat o’zimizda, balki dunyo miqyosida ham tan olinmoqda.
Birinchi navbatda Prezidentimiz asarlaridagi, xususan, “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch”2 asarida ko’rsatilgan va talab etiladigan yuksak ma’naviyatli shaxs asosiy fazilatlari majmuasini shakllantirish va ularni maqsadli ravishda yoshlarga singdirish ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining tizimli olib borilishiga imkon beradi. Ular asosida yuksak ma’naviyatli shaxs modelini yaratish mumkin. Ushbu model asosida ta’lim tizimida asosiy fazilatlarni singdirish mexanizmi va tarbiya yo’nalishlarini shakllantirishga kirishish mumkin. Nazarimizda bugungi kunda dolzarb bo’lgan quyidagi tarbiya yo’nalishlari ustida to’xtab o’tish o’rinlidir:
-
Ma’naviy-axloqiy tarbiya.
-
Siyosiy yetuklik va g’oyaviy sobitlikni shakllantirish.
-
Diniy bag’rikenglikni shakllantirish.
-
YUksak estetik did va madaniyatni shakllantirish.
-
Ekologik madaniyatni shakllantirish.
-
Sog’lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatni shakllantirish.
Bugungi murakkab vaziyat, ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xususan, jahonning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib, ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilish, ularni ma’naviy kamolotini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratishni talab qilmoqda. O’z navbatida bu narsa ta’lim jarayonini ma’naviy tarbiya bilan uyg’un olib borish zaruratini keltirib chiqaradi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, moddiy va ma’naviy olam uyg’unlashib, insonning qo’sh qanotiga aylansagina, jamiyatning to’laqonli erkin rivojlanishi ta’minlanadi.
Yuksak ma’naviyatli shaxsning kamol topishida diniy bag’rikenglik (tolerantlik) madaniyatining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarning ahamiyati oshib borayotganligi yoshlarda diniy bag’rikenglik madaniyatini shakllantirishga nisbatan e’tiborni yanada oshirishni taqazo etmoqda.
Diniy bag’rikenglik – bu turli e’tiqodlarga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor, hamjihat bo’lib yashashini ifodalaydi.
YUksak ma’naviyatli shaxsga nisbatan qo’yiladigan talablardan yana bir muhimi mafkuraviy immunitet va g’oyaviy kurashchanlik fazilatlaridir. Hozirgi globallashuv sharoitida mentalitetimizga xos bo’lmagan buzg’unchi kuchlarning ma’naviy-mafkuraviy tahdidiga qarshi kurashchanlik, jaholatga ma’rifat bilan javob berish, ular xatti-harakatlari keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan oqibatlarni ochiq tushunish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinf o`quvchilarida milliy ma’naviy meroslarimiz vositasida ma’naviy-axloqiy fazilatlarni innovatsion asosda tarbiyalash zamonaviy ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammosidir.
Ayni paytda muxtaram yurtboshimiz I. A. Karimov o’zlarining nutq va maqolalarida barcha chiqishlarida, qator risolalarda komil inson tarbiyasi masalasini yosh avlodga munosabat masalasini hech qachon chetlab o’tgan emas, aksincha bu masala davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'lim tarbiya masalasini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhimligini shunday ifodalaydi. Men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”degan fikrini ko’p mulohaza qilaman.
"Axloq" — tushunchasi, pedagogika fanida har tomonlama axloqiy sifatlar (yaxshilik, insoniylik, xulqlilik, odoblilik, kamtarlik, kechirimlilik, tutrilik, sofdillik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo`lish, olijanoblik, fidoyilik, vatanparvarlik, mehribonlik va boshqalar)ni egallagan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan atamadir.
Axloq – ijtimoiy ong formasi bo’lib, ijtim oiy hayotning hamma soxalarida ainq ongnning xulq- atvorini yo’lga so lib turadigan printsiplar, talablar, normalar va qoidalardan iborat. Axloqda jamiyatda ta rkib topgan «yax shilik», «sh a r a f», «vijdo n», « a d o l a t» singari tushunchalarda mustaxkamlangan odamlar hulq atvori, normalari aks etadi. Bu axloqiy tushunchalarning hammasi ham bahola nuvchi harakterga ega .
Odamning inson sifatida shakllana borishida uning kamolati darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat kabi xislatlarning unda qanchalik mujassamlashgani bilan belgilanadi. SHu o’rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida tuxtalib o’tishi joizdir.
Odob – har bir insonning o’ziga bir inson yoki jamoa bilan bo’lgan muloqatida ham yurish-turishida o’zini to’ta bilishidir.
Xulq – odobning ichki tuyik, ko’nikmaga aylangan ko’rinishi.
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qo’llangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat – «jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to’plangan barcha ijobiy yutuqlar majmui»
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruxiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil insonlar haqida shunday deydi3: «Yaxshi fazilatlarni o’ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur». Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilmdon, o’zgalar uchun qayg’uradigan mard insonlarni ko’zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi», deydi.
A.Munavvarovning «Pedagogika»4 o’quv qo’llanmasida axloq quydagicha tarif berilgan: Axloq, xulq va atvor suzlari arbacha bo’lib, ular o’zbek tilida ham o’z ma’nosida ishlatiladi.
Ayrim adabiyotlarda axloq kishlarning xar bir jamiyatga xos xulq normalari majmui, deyilsa boshqalarida esa, axloq ijtimoyi ong shakllaridan biri, sotsial tartib-qoida bulib, bu tartib-qoida ijtimoiy xayotning istisonsiz xamma soxalarida kishilarning xatti-xarakatini tartibga solish funksiyasini bajaradi deyiladi.
Abdulla Avloniy axloq bergan tar’fi5: Insonlarni yaxshilikg’a chavqruguvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. YAxshi xulqlarning yaxshiligini,yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur.
«YAxshi xulq» deb agar nafs tarbiyat topib,yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikqa tavsif bulishga aytiladi.
«Yomon xulq» agar tarbiyasiz usib, yomon ishlaydurgan bulur ketsa, yomon tavsif buliish aytiladi.
R.Mavlonova, O.Turayeva «Pedagogika»6 darsligida axloq quydagicha ta’rifi berilgan: Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bulib,muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo`lgan ma’lum xatti-sharakat qoidalari yig`indisidir.
Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mexnat maxsulotlari va shu kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-xarakat qoidalari tizimida namayon buladi.
O’zbkiston Resbplikasi enikelopediyasida axloq qoidasiga quydagicha izoh berilgan:
Axloq kishlarning bir-birlariga, oila, jamiyatga bulgan munosabatlarida namayon buladigan xatti-xarakatlari, xulq-atvori, odoblari majmuasi huquqdan farqli ravishda axloq talablarining bajarish-bajarmalik ma’naviy ta’sir kursatish shakllari bilan belgilanadi. Axloq etika fani o’rganadi.
Binobarin, ta'lim tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Mamlakatimizda qabul qilingan “Ta'lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi, asosida ta'lim tarbiya islohotlari keng amalga oshirlmoqda. Xalqimiz ma'rifati va ma'naviyatini yuksaltirishga harakat qilinmoqda.Yer,oila,ota-ona, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat,ishonch,vijdon erkinlik-ma'naviyat ma'rifatning ma'nosi ana shunday juda kengdir. Erkin fuqaroni ongli mustaqil fikrga ega bo’lgan aqlan barkamol, jismonan sog’lom,ma'naviy yetuk, shaxsni tarbiyalash xozirgi kunning muhim talabidir. Bu boradagi ishlarni aniq maqsadni amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga moillik dasturlar rejalar dasturlar ishlab chiqildi. Birgina o`tayotgan yillarning atalishida ham buni ko`rish mumkin. 1996 –yil A.Temur yili,1997 yil “Inson manfaatlari” yili deb e'lon qilindi.Jamiyatdagi fuqarolar manfaatini himoya qilinmagan ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi.Shu bois ham avvalo inson qadri qimmati oliy darajaga ko’tarildi.1998 yil “Oila yili” deb e'lon qilindi. Ayol onaning jamiyatda,o`rnini, kelajagini, belgilashdagi bir qancha qarorlar qabul qilindi.Ayolning bola tarbiyasidagi muhim o’rni ham hisobga olindi va ularga e'tibor yanada kuchaydi. 2000 yil-“Sog’lom avlod yili” deb e'lon qilindi. Bu bilan yuqoridagi maqsadlar, niyatlar bilan birga bir narsaga ya'ni buyuk kelajak barpo etila boshlandi. Kelajagimiz bo`lgan yosh avlodni har tamonlama sog’lom insonlar qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar yanada kuchaytirilib yuborildi.
2001 yil-“Onalar va bolalar“ yili deb e'lon qilinib, ona va bolalarga katta g’amxurlik ko’rsatildi.Bu oldindan e'lon qilingan yillarning mantiqiy davomi bo’lib,belgilangan ijobiy ishlar yanada kengroq davom ettirilib borildi.2002 yili”qariyalarni qadrlash yili” deb e'lon qilinib,jamiyatimizning hech bir qatlami e'tibordan chetda qolmasligi ko’rsatilishi bilan birga o’zbek xalqining keksalarga hurmat saqlash borasidagi azaliy qadriyatlar ham yana bir bor o’z ifodasini topdi. 2003 -yili “Obod mahalla”,2004- yil “Mehr va muruvvat” va 2005- yil “ Sihat- salomatlik” yili deb e'lon qilinishi barchasi inson manfaatlariga qaratilgan bo’lib, yillarning bunday nomlanishlari va ularda turli dasturlarni qabul qilinishi, ular asosida amalga oshirilayotgan tadbirlar hammasi inson va uning manfaatlariga xizmat qilishi ko’zda tutilgan.Inson uning har tamonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi shaxs, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va
ta'sirchan mexanizimlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshrilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi harakatlantiruvchi kuchidir 2006 – yil “Homiylar va shifokorlar” ,
2007 - yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 - yil “Yoshlar yili”, 2009 –yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010 - yil “Barkamol avlod”, 2011-yil “Kichik beznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012 –yil “Mustahkam oila”yili deb e’lon qilinishi bejiz emas. Bularning barchasi Vatan el –yurt uchun,Vatan farovonligi uchun qilinayotgan buyuk ishlardir.
1993 yil ”Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontsepsiyasi”, 1997 yil esa O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g’risidagi qonun”va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bulardan ham asosiy maqsad yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek ta'lim va tarbiya tizimini tubdan isloh qilish har tamonlama komil insonlarni va yetuk kadrlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Ayniqsa biz yoshlarga bo’lgan e’tibordir, chunki kelajak yoshlar qo’lida. Biz yoshlar “Vatan” degan so’zni el-yurt, xalqimizning farovonligi uchun quyidagilarga o’z qalbimiz va ongimizda rivojlantirib borishimiz zarurdir.
- Vatanparvarlik me’yorlariga mos xislatlarni shakllantirish, qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat xislarini rivojlantirish;
- O’zimiz yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo’lida g’amxo’rlik qilish;
- O’z xalqimiz, davlatimiz, uning himoyasi uchun hamisha shay bo’lishga;
- Mehnatga bo’lgan ijodiy munosabatimizni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi uchun intilish;
- Axloqiy fazilatlarni (mehribonlik, shafqatlilik, adolatparvarlik va boshhqalarni)o’z ongimizda takomillashtirish;
Ko’rinib turibdiki, biz yoshlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun yaxlit axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishda yangicha yondoshuvi tarkib topmaguncha bu masala o’z yechimini topa olmaydi.
Ayrim hollarda ta’lim berishda asosiy urg’u bilim berishga qaratilishi va ba’zi tarbiyaviy masalalarda ma’suliyatsizlik tufayli ba’zi yoshlarimizning boshi berk ko’chaga kirib qolish hollari uchramoqda, shu sababli bugungi kunda jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy negizini takomillashtirish maqsadida taqdim qilinayotgan o’quv materiallarining g’oyaviy jihatdan yetuk bo’lishiga erishish zarur. Bunda o’quvchilarda vatanga muhabbat tuyg’ularini singdirish orqali umumiy madaniyat saviyasini o’stiradigan, zarur bo’lsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etuvchi tizim orqali ta’sir etish zarur.
Barchamiz yaxshi bilamizki, kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin.
O`qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy o`qishlari uchun g`amxo’rlik qilish, ularning moddiy ahvollarini yaxshilashga e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1984 yildan beri xalq maorifi xodimlarining oylik maoshlari oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelmoqda.
Allomalardan Rizouddin ibn Faxriddin aytadi:
-
Har bir odam va har bir elning saodatli bo`lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yomg`ir, sug`orish qanday kerak bo`lsa, odam bolasi uchun ham ilm shu darajada keraklidir.
Bolalarini ilmli, odobli qilib o`stirish ota-onaning burchidir. Muallimlar ham bu muqaddas vazifadan chetda emaslar. Agar muallim esangiz, shogirdlaringizning har bir harakatini ko`z oldingizda tuting, ularni xushmuomalali bo`lishga o`rgating, jamiyatning foydali a’zolari qilishga erishing. Bolalarni nojuya so`z, nojo`ya xatti-harakatdan to`xtab qolishga o`rgatib, o`zi esa o`zini to`xtata olmaydigan, bolalarni dustlik, o`rtoqlikka o`rgatib, o`zi esa ular bilan o`rtoq, do`st sifatida emas, balki katta rahbar sifatida muomalada bo`ladigan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.
Bu o`rinda dono xalqimizning kamtarlik to`g`risidagi quyidagi hikmatini keltirish joizdir.
Uluglik aylama zinhor, o`zingni kamtar tut,
Kimdaki bo`lsa bu xislat ajab saodatdir.
Kishi shaxsining dastlabki asoslari vujudga keltiriladigan maktabgacha tarbiya yoshida kattalarning bolaga ta’siri ayniqsa katta bo`ladi. Bola aqliy va axloqiy jihatdan faqat kattalarning to`g`ridan-to`g`ri ta’sirida tarbiyalanadi, kamolga yetadi. Hech qanday shakllar, hech qanday intizom, hech qanday ustav hamda mashg`ulotlar inson shaxsining ta’sirini sun’iy ravishda almashtirishi mumkin emas. YOsh qalb uchun bu quyoshning samarali nuridir, buni hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol o`ynashi uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi.
SHarq mutafakkirlari axloqni ikkiga ajratib tasnif etadilar.CHunonchi atoqli pedagog va shoir Abdulla Avloniy odamlarni axloqiy jiratdan ikki toifaga bo’ladi va har qaysi toifaga xos bo’lgan sifatlarni izohlaydi.Uning ko’rsatishicha kishilar “yaxshi xulqli va yomon xulqli”bo’ladilar: “Axloq ilmi –insonlarning xulqlarini ikkiga bo’lishdir . Agar nafs tarbiyat topib , yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa ,yaxshilikka tavsif bo’lib “yaxshi xulq ”,agar tartibsiz o’sib ,yomon ishlar qiladurg’on bo’lib ketsa ,yomonlikka tavsif bo’lib “yomon xulq ” deb atalur.7
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha ,asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan , eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga , inson g’ayoti ,oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo –qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.”8
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratgani ushbu asarda ishonch bilan ta’kidlanadi.
I-2. Axloqiy tarbiyaning mavjud metodlarini takomillashtirishga yangicha yondoshuvlarning bugungi kunda jamiyat taraqqiyotidagi o’rni
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning muayyan axloqiy qoidalar va normalarni bilishi ma’naviy xulq-atvorning zarur shartidir. Biroq, axloq normalarini shu tariqa bilish o’z-o’zidan axloqiy xulq - atvorini tegishli darajaga erishtirmaydi. Buning ustiga, bilimlarni ma’naviy xulq-atvor amaliyotisiz o’zlashtirib olish ma’naviy bilimlar bilan ma’naviy xulq - atvori o’rtasidagi ajralishda ifodalanadi. SHuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarning hayoti va faoliyatini to’g’ri tashkil qilishda ijodiy- axloqiy sotsial-ijtimoiy xulq-atvor tajribasi uning shaxsini tarkib toptirishda asosiy bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda bu narsa ota-ona, do’stlar ta’siri ostida, o’qituvchi rahbarligida hosil bo’ladi. YOshlarda bilimlar tizimini: tabiiy, axloqiy, g’oyaviy-siyosiy bilimlar tizimini tarkib toptirish bilan yuz berishi kerak.
Mustaqil O’zbekistonda ham ayniqsa, yoshlar, yoshlar o’rtasida, yuqorida ko’rsatilgan darajadagi iymonli-e’tiqodli yoshlar aksariyati ko’ngillikni tashkil qiladi, deb ayta olmaymiz. Chunki shu yoshdagilar orasida e’tiqodi, iymoni mustahkam bo’lmagan ma’lum miqdordagi yoshlar ham mavjuddir. Oqibat natijada mana shu guruhdagi yoshlarga mamlakatimiz tinchligiga, osoyishtaligiga tahdid solayotgan begona, yot, zararli g’oyalar, harakatlar tahdid solmoqda.
Har bir mamlakatdagi mavjud vijdon erkinligi fuqarolarning, xususan yoshlarning ruhiy va ma’naviy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga ma’lum darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. SHuning uchun BMTning nizomidan tartib, barcha halqaro xujjat va shartnomalarda har bir mamlakatning o’ziga xos Konstitutsiya va qonunlarida bu masala o’z aksini topgan.
Ma’lumki, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan taraqqiyotning “O’zbek modeli” yangilanishlarni bosqichma – bosqich amalga oshirishni taqozo etadi. Buni biz davlatimiz belgilab olgan strategik bosqich – siyosiy hamda iqtisodiy sohalarni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlarida ham ko’rishimiz mumkin.
Erkinlashtirish – mamlakatni taraqqiyot toptirish, aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.Ushbu hodisa insonning mavjud muhitga moslashuvini emas, balki o’zining erkin tafakkuri orqali qarorlar qabul qilib, shu muhitni yaxshilashiga olib keladi.
Ma’lumki tafakkur - inson ma’naviy dunyosining ifodasi. Agar shaxs ma’naviyatini yaxlit tizim sifatida tasavvur qiladigan bo’lsak, tafakkur tarzi uning hal qiluvchi unsuri hisoblanadi. Shaxsning tafakkur tarzi uning nafaqat ichki kechinmalari, madaniy va axloqiy darajasini, balki turli ijtimoiy munosabatlar doirasidagi hatti – harakatlar saviyasini ham ko’rsatadi.
Inson ruh va tafakkur egasi bulgan mavjudot sifatida o’zining tengsiz qobiliyatini, cheksiz va chegarasiz imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratildi. Endi har bir fuqaro o’zini ozod his etish, erkin faoliyat ko’rsatish orqali yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishga, tom ma’noda o’zining taqdirini o’zi belgilash va shu orqali jamiyat taqdirini belgilashga daxldor ekanligini anglay boshladi. Har bir kishida jamiyat hayotiga daxldorlik, millat va mamlakat taqdiriga befarq bo’lmaslik hissi shakllana boshladi.
Mamlakatimizni modernizatsiyalash, jamiyatimizdagi ijtimoiy munosabatlarni erkinlashtirish jarayonlari izchil davom etayotgan hozirgi davrda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni avvalambor dunyoqarashni o’zgartirishga qaratilganini anglab olish kerak. Bunda yangilik kurtaklari an’anaviy tafakkur tarzimizda ham mavjud ekanini, yangi demokratik g’oyalarni ularga payvand qilishimiz ijobiy samara berishi unutmasligimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |