Kompozitsiya boMimi dasturda yetakchi o‘rinni egallaydi va quyidagi qismlardan tashkil toradi:
a) rangtasvir kompozitsiyasi;
b) dekorativ kompozitsiya;
d) haykaltaroslilik kompozitsiyasi.
a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash jarayonida o‘z aksini topadi. Bunda tanlangan mavzuga ko‘ra, uning elementlari qog‘oz yuzasida bir-biriga bogMiq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi. Mavzuli kompozitsiyalar îuzishda detallarning o‘rnini almashtirish, qo'shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilar ham muhim ahamiyat Icasb etadi. Mazmunni ifodalashda kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlariga rioya qilish lozim. Bular kompozitsiyaning bir butunligi, detallarni, shakllami, ranglami xillashtirish orqali hamma tasviriy vositalarni bosh g‘oyaga bo'ysundirishdan iborat.
Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallaming oichovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlaii asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O’quvchilar mashg‘ulotning bu turida rasmni naturadan emas, baiki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar. Xayoldan va tasavvurdan ishlangan kompozitsiya narsaning o‘ziga qarab rasm ishlashga qaraganda ancha murakkab bo‘lib, u o‘quvchidan ham, o'qituvchidan ham katta mas’uliyat talab etadi.
Mavzuli kompozitsiya mashg‘ulotIarida, bolalar rasmda tasvirlanishi kerak boMgan obyekt bilan tanishtirilishi, undagi ba’zi bir narsaiaming xomaki chizmalarini ishlashlari lozim bo'ladi. Odatda o‘qituvchi bolalarga bir yoki bir necha mavzuni tavsiya etadi. O’quvchilar esa mavzulardan birini tanlab, shu asosda kompozitsiya ishlaydilar. Mavzu asosida rasm chizishda o‘quvchilar narsaiaming asliga qarab rasm ishlash, dekorativ rasm ishlash, san’atni va borliqni idrok etish darslarida olgan bilim va malakalariga tayanadilar. Mavzu asosida rasm ishlash darslarida bolalarning fantaziyasi va tasawurlari faollashadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari bolalarga narsaiaming shakli, rangi, ularning tuzilishi haqida tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog‘ozda rasmni to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatish kabilardan iboratdir. Bulardan tashqari perspektivaning elementar qoidalari haqida tushuncha berish (yaqindagi narsaiaming kattaroq, uzoqdagilaming kichikroq ko‘rinishi), mavzu asosida rasm chizishda, obraz va narsaiaming o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatish ham kompozitsiyaning vazifasiga kiradi. Tasviriy san’at asarlaridagi kompozitsiyaning prinsipi va qonunlari bilan o‘quvchilaming mazmunli rasm ishlash usuli o‘rtasida muayyan umumiylik bor. Shuning uchun tasviriy san’atdagi kompozitsiyaning hamma qonunlarini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan tasviriy san’at predmetidagi kompozitsiyaga yoppasiga tatbiq etish mumkin.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi o‘quvchiIarda ijodiy tafakkur, tasawur va fantaziyani kerakli darajada rivojlantirishdir.
Kompozitsiya qonuniyatlarini o‘quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
Mavzu asosida kompozitsiyalar ishlashda bo‘yoqlardan foydalanish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Chunki bunda ko‘rgazmaIi vosita va metodik usullardan to‘g‘ri foydalanilgan holdagina rangshunoslikka oid bilim, malaka va ko‘nikmalami o‘zlashtirishga erishiladi.
Bulardan tashqari rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarida bolalami rangli qog‘ozlar bilan ishlashga o‘rgatish ijodiy ishlaming yanada qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi.
b) Dekorativ kompozitsiya turli shakldagi naqshlaming namunasidan ko‘chirish, mustaqil ijodiy naqsh ishlash hamda dekorativbezak ishlari singarilami qamrab oladi.
U o‘quvchüarga turmushda uchraydigan narsalaming vazifalari, ulaming shakli, bezak elementlarining o‘zaro bog‘liqligi haqida tushuncha berishni hamda yuksak mahorat bilan tasvirlangan narsalami didsiz, pala-partish ishlangan narsalardan farq qila bilishga o^rgatishni, shuningdek, ulaming badiiy didini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday naqshlaming elementlarini tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olingani haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg'ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o‘zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi detallar qo‘shishi mumkinligi qayd qilinadi. Boshlang‘ich sinflarda dekorativ tarzda qayta ishlangan tabiiy va geometrik shakllarga asoslangan yo'lsimon, kvadrat, doira, to‘rtburchak shakllardagi naqshlar chizdiriladi.