4.Еvropada o`yg`onish davri rassomlarining xizmatlari
Naturaga qarab tasvirlash. Natyurmort.
Boshlang‘ich. smilarda asosiy vazita o'quvcniiarda narsaiaming nisbati, tuzilishi, shakli, rang jihatdan tahlil qilish va tasvirlash malakasini hosil qilishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar avval tasvirlanayotgan narsaning umumiy va estetik jihatdan ahamiyatli tomonlarini aniqlab oladilar, keyin esa narsaning qismlari va detallarini aks ettirishni o‘rganadilar.
Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo‘lishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o‘rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O’quvchilaming ko‘rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasawurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo‘yicha ko'proq vazifa berish kerak boMadi. Naturaga qarab chizilgan rasmlami bo'yash (ya’ni rangtasvir ishlash) mashg‘ulotlarida bolalar e’tibori ranglar uyg‘unligini idrok qilishni rivojlantirishga, akvarel yoki guash bo‘yoqlari bilan asliga qarab, eslab qolib va tasavvur qilib chizishga qaratilgan. Rangtasvir mashg'ulotlari o‘quvchilarga idrok qilish orqali atrof-muhitning ranglarda ifodalangan go‘zalligini bilish imkoniyatini berib, ularning ruhan o‘sishiga ko‘maklashadi, bolalarning estetik didini o'stiradi. Naturaga qarab rasm ishlash mashg‘uiotlarida o‘qituvchi bolalar e’tiborini tasvirlanayotgan obyektlaming nafis va go‘zalligi, ranglaming hamohangligi, shakl mutanosibligiga, tasvirlanayotgan buyumlar orasidagi o'zaro mantiqiy bog‘liqlik kabilarga qaratadi. b) Naturaga qarab haykal ishlash o‘quvchilar uchun qiziqarli mashg‘ulot turi bo‘lib, naturani ko‘ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o‘lchov nisbatlarini to‘g‘ri olishga o'rgatadi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlarda haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan material va asboblar bilan ishlash yuzasidan muayyan bilim va malaka hosil qilinadi. Bulardan tashqari o‘quvchilar tuzilishi jihatidan unchalik murakkab bo‘lmagan haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo‘laklaridan ishlash yo‘llarini ham o‘rganadilar. Bunday darslarda bolalar hajmli va relefli haykallar ishlaydilar. Natura uchun narsaning tuzilishi, rangi, proporsiyalari aniq ko‘rinib turadiganlari tanlab olinadi. Natura chizish uchun qo'yilgach, uni har tomonlama diqqat bilan kuzatish, qismlaming o‘zaro bog‘liqligini va farqini taqqoslash orqali aniqlab olish zarur boMadi. Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Mashg‘ulot o'tkazilayotgan xonada yorag'lik chap tomondan tushishi va naturaning shakli yaqqol ko‘rinib turishi maqsadga muvofiqdir. Dars uchun kerakli natura topilmagan yoki uni sinfga olib kirish imkoni boMmagan taqdirda ulaming rasmini ishlash, tashqarida kuzatish yoki rasmiga qarab amalga oshiriladi.