«Tasviriy san’at» o‘quv predmeti ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri boMgan badiiy madaniyatni uyg‘un rivojlanishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim boMgan qator sifatlami rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarni milliy merosni o‘zlashtirish hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Maktabda tasviriy san’at darslarida mashg'ulotlarning quyidagi turlari bo‘yicha ishlar olib boriladi;
A) Rangtasvir kompozitsiyasi. B) Dekorativ kompozitsiya.
V) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Mazkur o‘quv predmetidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo‘limdan (amaliy va nazariy) tashkil topadi: Amaliy ishlar birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgache, asosan. to'rtta o‘quv masalalarini hal qilishga qaratiladi; 1. Kompozitsion faoliyat. 2. Rang va bo‘yoqlar. 3. Shakl, proportsiya, konstruksiya. 4. Fazo (makon).
Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda qatiylik, faoliik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi, shuningdek, ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilar vazifani ko‘rgazmali tarzda, obrazlar orqali idrok etishlari talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda bo'yoq bilan ishlash mashg‘ulotlarida ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay olishga o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, akvarel bo‘yog‘idan foydalaniladi va ularni esa aralashtirib ham ishlatish mumkin.
Dasturda qadimgi va hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’atini o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u birinchi sinfdan boshlab oxirgi sinfgacha katta o‘rinni egallaydi. Bunda har bir mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq amaliy san’ati, O’rta Osiyo va o‘zbek tasviriy san’ati asarlari, hozirgi o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati namunalaridan keng foydalaniladi.
O’quv predmetining, amaliy san’at, xususan xalq amaliy san’atiga katta o‘rin beriladi. Birinchi sinfdan boshlab turli naqsh namunalari chizdiriladi. O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan naqsh sxemalari va elementlari asosida bolalar turli predmetlar uchun naqsh ishlaydilar. Mustaqil ravishda butunlay ijodiy naqshlar tuzadilar, dekorativ bezak ishlarini bajaradilar. Bu vazifalarni bajarishda bolalar asosiy e’tibomi dekorativ kompozitsiyalarni chiroyli ko‘rinishda tuzish va rang tuslarini to‘g‘ri tanlashga qaratadilar.