4.Еvropada o`yg`onish davri rassomlarining xizmatlari
Adabiy asarga illyustratsiya ishlash.
Dekorativ kompozitsiya ishlaridan awal naqsh tuzishda ishlatiladigan elementlami o‘ziga qarab rasmini chizish lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga tabiiy shaklni stillashtirish bo^icha mashqlami bajarib borish foydalidir. Stillashtirish dekorativ tarzda qayta ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taalluqlidir. o’quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh chizishning o‘ziga xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh ishlash darslarida 0‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam, akvarel, mo‘yqalam, rangli qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash usullarini 0‘zlashtiradilar.
Mustaqil ravishda ijodiy naqsh ishlash orqali bolalaming ijodiy qobiliyati, fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik haqidagi tasawurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari mahoratini ardoqlashga o‘rgatadi.
Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng qiziqarli mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalaming o‘ziga qarab rasmini chizib oladilar. Adabiy asarlarga illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga asarlardagi voqea sodir bo‘layotgan mamlakat yoki davming madaniyati, xalqlar turmushining o‘ziga xos xususiyatlari, klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga ranglar va uning nomlari, tuslari hamda ulaming kishilar hayotidagi ahamiyati haqida bilimlar berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash bo‘yoqlar bilan rasm ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa asosiy va hosila ranglar, ulaming tuslaridan foydalangan holda ish olib borishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalo, o‘quvchilar «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar. Ularning nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar. Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar v£ ulaming o‘zaro aralashuvidan hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq) ranglardan o‘z ish faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. O’quvchilai' keyin «Iliq va sovuq ranglar», «Rang tuslari va ulaming nomlari» kabi mavzularda nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek, o‘quvchilar «Ranglar halqasi» bilan yaqindan tanishadilar va tevarakatrofdan ana shunday rang tuslarini topislini o‘rganadilar.
Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali rang tuslari hosil qilinadi. Bunda ma’lum bir (masalan qizil) rangning to‘qdan och ko‘rinishgacha boMgan bir talay tuslari hosil boMadi. O’quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang tuslarini hosil qilishni bajarib ko‘radilar.
O’quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda rang» mavzusi kiritilgan. O’quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan ranglarni va ulaming tuslarini tabiat qo‘ynidan topishga harakat qiladilar.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar kundalik turmushda uchraydigan ranglar va ulaming inson his-tuyg‘ulariga, kayfiyatlari ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi.
Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud bo‘lgan idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday rangda va nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Chunki ranglar inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ayrimlari ko‘zni quvontirib, kayfiyatni chog‘ qiladilar, ba’zi birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik uyg‘otadi. Ana shunda kishi didini o‘stiradigan, ko‘zni quvontiradigan ochiq ranglardan foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
d) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi.
Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda o‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarining boshqa turlarida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan clumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri boiib, u o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining dekorativ haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash bo‘yogida bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz ishlanishi ham mumkin.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish maqsadida turli badiiy, tabiiy materiallardan foydalanish ham nazarda tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar va texnologiya yordamida bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa faoliyat turlari (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab rasm ishlash) tarkibiga singdirib yuborilgan bo‘lib, u yoki bu mashg‘ulot turi yuzasidan beriladigan o‘quv topshirig‘i mazmunini yanada samarali va qiziqarli qilib o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur mashg‘ulot turiga alohida namunaviy topshiriqlar bo'limi ajratilmagan. Tabiiy materiallar - mayda toshchalar, chiroyli ko‘rinishdagi daraxt shoxchalari, ildizlar, quritilgan barglar va gullar, archa bo‘qogiari, sabzavot va mevalarning urug‘lari, po‘stloqlar, bug‘doy, arpa poyalari va shu kabilardan iborat. O’quvchilar ana shu tabiiy materiallardan foydalangan holda ayrim o‘quv topshiriqlarini bajarishni o‘rganadilar.