Amaliy ahamiyati
16 ball
|
Yangi adabiyotlardan
foydalanish darajasi
10 ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishning rasmiylashtirishi
10 ball
|
BMI ning himoyasi
20 ball
|
Umumiy ball
100 ball
|
100 %
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Bitiruv malakaviy ishi” __________ ballga baholandi.
DAK raisi: ______________
|
dots. N.O’.Xolmatov
|
DAK a’zolari: ______________
|
prof. M.Oltinov
|
______________
|
t.f.d. G’. Temirov
|
______________
|
dots. R. Qarshiyev
|
______________
|
t.f.n.X.R.Qurbonov
|
______________
|
kat. o’q.N.T.Sariyev
|
______________
|
o’q. S.Tolibova
|
______________
|
o’q. V.Ashurov
|
Navoiy shahri “________” _____________ 2016 yil
MAVZU: 7-SINF JAHON TARIXI DARSLARIDA “SALIB YURISHLARI”
MAVZUSINI O’RGANISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
REJA:
KIRISH
BOB.XI – XIII ASRLARDA G`ARBIY YEVROPADA IJTIMOIY-IQTISODIY
HAYOT. XRISTIAN CHERKOVI -SALIB YURISHLARINING
TASHKILOTCHISI SIFATIDA
I.1. Salib yurishlarining sabablari, mazmuni va shart - sharoitlari
I.2.Salib yurishlari natijasida tuzilgan davlatlar va diniy ritsarlik ordenlari.
I.3.Salib yurishlarining oqibatlari, ahamiyati va o`rta asr Yevropasining tarixiy taraqqiyotiga ta`siri.
II BOB. TARIX TA`LIMIDA “SALIB YURISHLARI” MAVZUSINI
O’RGANISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
II.1.Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalligi.
II.2.7- sinf jahon tarixi darsligidagi“Salib yurishlari” mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyalar asosidа bir soatlik dars ishlanmasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Mustaqilligimizning birinchi yillaridanoq yangi jamiyat qurish, vatanimiz oldida turagan umumiy vazifalarimizni anglash, kelajak avlodni munosib tarbiyalash maqsadida ta’limni texnologiyalashtirish masalalariga alohida e`tabor berilib kelinmoqda.Muhtaram Prezidentimiz I. Karimov ta`kidlaganlaridek “ Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, onggli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta`lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1. Respublikamizdauzluksizta`lim tizimida amalga oshirilayotgan, zamonaviy talablarga muvofiq o`qituvchining pedagogik mahoratini ko`tarish, kasbiy mahoratini namoyon etish, o`quv muassasalarini o`zaro aloqador yaxlid maqsadli tizim sifatida bog`lash bugunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.Shuningdekzamontalabi: yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, salohiyatli va amaliy kasb – hunarga ega yoshlarni tarbiyalash ekan - bunda o`qituvchilardan katta mahorat talab etiladi. “Ta`limning zamonaviy glaballashuvi va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko`rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas”2. “Zamonaviy pedagogik texnologiya” deyilganda “Bola yetaklash texnologiyasi’ emas, balki ta`lim oluvchilar faolligini taminlaydigan, ta`lim jarayoni samaradorligini kafolatlaydigan texnologiya tushuniladi. Yangi pedagogik texnologiyaga ko`rata`lim jarayoni ko`proq ta`lim oluvchi shaxsiga qaratiladi, faollashtirilgan usullar va zamonaviy ta`lim vositalaridan foydalangan holda o`quv maqsadiga erishiladi. ”Zamonaviy o`qituvchi faqatgina darslikdan foydalanib qolmasdan,qirq besh daqiqalik dars davomidao`quvchilar diqqatini faollashtirib, turli interfaol usullardan foydalanib dars o`tilsa zerikarlilikdan chekinilib darsda samaradorlikka erishiladi. Bunda o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo’lishi, hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan ijodkor pedagog bo’lish talab etiladi.Shuni inobatga olgan holda Bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo`lgan: “7-sinf jahon tarixi darslarida Salib yurishlari mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ”ni zamonaviy pedagogiktexnologiya va interfaol metodlardan foydalanib tushuntirib berishga harakat qildik.
“Jahon miqiyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o`zgarishlar jarayonida egallab turgan o`rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo`lishimiz shart”deb takidlaydilar Prezidentimiz I.A.Karimov. Darhaqiqat, jahonda yuz berayotgan tub o`zgarishlarni o`rganmasdan islohatlarni kengaytirish o`ta mushkul ishdir. Buishdaesatarixsaboqlarigatayanish, davlatlartaraqqiyotinio`rganish, qoqilmasdan olg`aborishimizgayordamberadi.Yangipedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish zaruratiham an’anaviy o’qitish tizimidagi kamchiliklarni tuzatish va ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida foydalanish, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.Xulosa o`rnida aytish mumkinki, pedagogning tafakkurida ta`lim jarayonining bosh maqsadi, vazifalari sifatida yosh avlodni dunyoqarashini kengaytirish va o`quvchini faoliyat subyekti sifatida rivojlantirish g`oyasining ustunlik qilishi ta`lim samaradorligi oshishining va o`quvchilarda fanga bo`lgan qiziqishining oshishiga yordam beradi.
Ta’limjarayoniga axborot texnologiyalari va pedagogik texnologiyalarni joriy etish shunday dolzarb muamolardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |