Navoiy davlat pedagogika



Yüklə 122,13 Kb.
səhifə14/19
tarix14.12.2023
ölçüsü122,13 Kb.
#179563
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Salib yurishlari-fayllar.org

X U L O S A
Umumta`lim maktablarida barcha fanlarning o`qitilishi bugungi kun o`smirlarining ijobiy munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Hozirda ta’limni texnologiyalashtirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yuqori malakali pedagog kadrlarga bo’lgan talablar ortib borayotgan hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo’lishi, hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan ijodkor pedagog bo’lish talab etiladi.Bunday talablarga javob berish uchun zamonaviy pedagogik, kasbiga oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashi va oxborot texnologiyalaridan foydalanishni ham puxta bilishi lozim.
Prezidentimiz I. A. Karimov “Hozirgi kunda yurtimizda ta`lim sohasiga yo`naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko`rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Hech shubhasiz bugun ta`lim – tarbiya va ilm – fan sohasiga sarflanayotgan mablag`lar mamlakatimiz kelajagini egasi bo`lgan yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo`lida mustahkam poydevor bo`lib xizmat qiladi“(Karimov I. A “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, T.: “Ma`naviyat”, 2015. 37-bet.), deb bejizga aytmagan. Shu ta`lim bois ta’lim tizimida, jumladan tarix darslarinibugungi kun talabi darajasida o’tish va tarixiy qonuniyatlarni yoshlar ongiga singdirish, qiziqishlarini orttirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Mazkur bitiruv malakaviy ishda o’z ifodasini topgan ijtimoiy gumanitar fanlar, jumladan, “Jahon tarixi” darslari ishlanmalari mohiyatidan anglanadiki, umumiy o’rta ta’lim malkatablari yangi pedagogik texnologiyalar asosida noan’anaviy darslar tashkil etish borasida katta imkoniyatlarga ega.
Ushbu “7-sinfda jahon tarixi darslarida “Salib yurishlari” mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimizni yozib tugatar ekanmiz, shunday xulosaga keldikki, yuqorida ta’kidlanganidek, umumiy o’rta ta’lim maktablari bugungi kunda dars jarayonida noan’anaviy usullardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlaridan to’laqonli foydalana olish uchun Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, mazkur imkoniyatlarni anglay olish, pedagogik faoliyatga nisbatan bir oz ijodiy va texnologik yondashish mashg’ulotlarning qiziqarli bo’lishini ta’minlash bilan birga o’quvchilar tomonidan har bir mavzu bo’yicha bilimlarning puxta egallanishi uchun zamin yaratadi. Yangi pedagogik texnologiyadan foydalanib, noananaviy dars o`tish jarayonida bir xillikdan qochish,
O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli olib borish, shuningdek o`quvchilarni o`z ustida ko`proq ishlashiga olib keladi. Agar pedagog darsni doimiy bir xilda tashkil qilsa, o`quvchilarni fanga nisbatan qiziqishini so`nishiga va dars jarayoniga nisbatan loqayd qarashiga olib kelishi mumkin. Endilikda bunday holatning oldini olishning eng samarali yo’li sifatida ta’lim muassasalari faoliyatiga ilg’or pedagogik texnologiyalarnijadallik bilan olib kirish maqsadga muvofiqdir. Abdulla Avloniy o`zining tadqiqotlarida ilm olish muammosini birinchi o`ringa qo`ygan va shunday degan: - “Butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g`ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilm bilan bog`liqdur.... shuning uchun o`qimak, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay,vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakka jonimiz boricha sa`y qilmagimiz lozimdur”(Abdulla Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. T.: “O`qituvchi”, 1992. 23 bet).
Shuni alohida qayd etib o’tish mumkinki, hozirgi kunning talabi o`quv jarayonini o`quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, balki ijodiy tafakkurni ham shakllantiradigan yo`sinda tashkil qilishdir. Ta’lim va tarbiya jarayonini yo’lga qo’yishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish har bir pedagogning shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy mahorati hamda ijodkorlik layoqati darajasiga bog’liq.
Bitiruv malakaviy ishning 2 - bobida tarix fanini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning metod va usullari tanlangan mavzu misolidagi dars ishlanmasi orqali ochib berildi.
Demak, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o`quvchi - talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar esa, ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga o`rgatadi. Ananaviy darsning kamchiliklarini yo’qotish uchun boshqa yangi metodlar va pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
BMIdayangi pedagogik texnologiyadan foydalanib o’qitishga asoslangan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi ochib berildi. Bunda bir soatli dars ishlanmasi ishlab chiqilib, dars mashg`ulotlarida foydalanish mumkin bo`lgan turli xil metodlar tavsiya etildi.



Yüklə 122,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin