Buyuk shoir va mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi. O’zbek adabiy tilining asoschisi. Asl ismi – Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug’ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o’tkazgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin
Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. Yosh Alisherda she’r zavqi va iste’dodi juda erta uyg’ongan. Bolaligidayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori
baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.
Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan. Alisher Navoiy tarjimayi holi o’z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500- yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 ta rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Nasriy asarlari.
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy yo’nalishdadir. “Mahbubul-qulub”(1500-01) Navoiyning so’nggi yirik asari