13.5.
IJTIMOIY BOZOR XO‘JALIGI KONSEPSIYASI
“Ijtimoiy bozor xo‘jaligi” atamasini birinchi bor Kyoln univer-
siteti qoshidagi iqtisodiy siyosat instituti direktori Alfred Myoller-
Armak o‘zining “Iqtisodiyotni tartiblash va bozor xo‘jaligi” (1947)
Alfred Myoller-Armak
(1901–1978)
327
asarida ishlatgan. Myoller-Armak “ijtimoiy tenglik” prinsipi bo‘yicha
“bozor erkinligi” printsipini va adolatli taqsimlashni birga qo‘shib olib
borish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda raqobat kurashi natijasida
qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yuqori unumdorlik natijalari, ijtimoiy-
siyosiy tadbirlar yordamida ham qo‘lga kiritilishi mumkinligi
to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi bo‘yicha
tadqiqotlar V. Repke, L. Erxard, V. Oyken va boshqalar tomonidan
davom ettirildi.
Ijtimoiy bozor xo‘jaligi modelining keng tarqalishiga asosiy sabab,
yuqori o‘sish sur’atini ta’minlagan Erxardning samarali iqtisodiy
siyosati hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR da olib
borilgan bu siyosat o‘rtacha yo‘l atalmish siyosat hisoblanardi. U
ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatishga, tadbirkorlikni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlashga, aholining o‘rtacha qatlamining turmush sharoitini
yaxshilash uchun sharoit yaratib berishga yo‘naltirilgan.
V.Repke tavsifiga ko‘ra “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” – bu “iqtisodiy
insonparvarlik” tomon qo‘yilgan qadam. U o‘zining “insonparvarlik
jamiyati” kitobida yozishicha, xo‘jalik yuritishning bu shakli
kollektivizmga – personalizmni, hokimiyatning to‘planuviga –
erkinlikni, markazlashuvga – markazlashmagan tizimni, tashkil etishga
–
o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishni qarshi qo‘yadi. V.Repkening fikriga
qo‘shilgan holda, L.Erxard xristian-demokratik ittifoqi (XDI) syezdida
(1957 y.) GFRda “ijtimoiy bozor xo‘jaligining” ikkinchi bosqichi
boshlanganligini tasdiqlab o‘tadi. Sal keyinroq 60-yillarning boshida o‘z
nashrlarining birida L.Erxard aynan “erkin musobaqa, eng avvalo,
ijtimoiy bozor xo‘jaligining asosiy unsuri hisoblanadi”, deb qayd qilib
o‘tadi. 1965-yili XDI ning navbatdagi majlisida esa, L.Erxard GFRda
“ijtimoiy bozor xo‘jaligini” yaratish dasturi tugallanganini, u
mamlakatni “shakllangan jamiyatga” aylantirgani to‘g‘risida e’lon
qiladi.
“Shakllangan jamiyat” doktrinasi L.Erxard va uning maslak-
doshlarining fikriga ko‘ra, bu “ijtimoiy bozor xo‘jaligini” yaratish orqali
erishish mumkin bo‘lgan eng qulay “tabiiy iqtisodiy tartib”ni topish.
Unda ijtimoiy tuzum va ishlab chiqarish munosabatlarining beshta
formasi (tipi) va sinfiy antagonizm to‘g‘risidagi marksistik g‘oyalar
qat’iyan inkor etiladi. Mazkur doktrina V.Oykenning kishilik
328
jamiyatiga faqat “markaziy boshqaruv” va “erkin bozor xo‘jaligi” tiplari
xos degan qoidaga asoslanadi.
Ijtimoiy bozor xo‘jaligida davlatning roli.
Raqobat sharoitlari
avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart-sharoitlarning
bo‘lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, Oykenning tasdiqlashicha, o‘z-
o‘zidan o‘rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o‘zi keltirib chiqarmaydi.
Uni davlat o‘rnatadi.
Iqtisodiy siyosat printsiplarini asoslab bergach, V.Oyken, davlat
xo‘jalik – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligini, balki amal
qilish qoidalarini o‘rnatishi va ularni hayotga tatbiq etishi kerakligini
ko‘rsatib o‘tadi. Davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri tartiblash yo‘li bilan hal qilib
bo‘lmaydigan vazifalarini, iqtisodiyotga doimo aralashishni o‘z
zimmasiga olmasligi kerak.
Bu yerda asosiy narsa, L.Erxard qayd qilib o‘tganidek, davlatning
iqtisodiy faoliyati bilan xususiy tadbirkorlik o‘rtasida optimal nisbatni
topishdir. Davlatning azaliy va bosh vazifasi fuqarolarga erkin amal
qilish huquqini beruvchi qoidalarni ishlab chiqish. Davlatning roli,
Repke-Erxard obrazli qilib ko‘rsatib berganidek, futbor maydonidagi
hakamga o‘xshaydi, u o‘yinchilar muayyan qoidaga amal qilyaptimi,
yo‘qmi kuzatib boradi, lekin o‘zi bevosita o‘yinda ishtirok etishga haqi
yo‘q. Boshqacha aytganda, davlat “ijtimoiy bozor xo‘jaligining” amal
qilish shart-sharoitlarini qo‘llab-quvvatlab turishi uchun, erkin raqobat
“qoidalarini” kuzatib turishi, narxning tashkil topish shart-sharoitlarini
nazorat qilib turishi, monopol narxlarning o‘rnatilishining oldini olishi,
xususiy mulk muhofazasini kafolatlashi kerak.
Neoliberalizmning “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” modeli barcha
fuqarolarining ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda, farovonligini
oshirishda ularga teng huquq va teng imkoniyatlarni yaratib berish
bo‘yicha davlatning faol ijtimoiy funksiyasi g‘oyasiga asoslanadi.
Bunda nafaqat jamiyatdagi turli qatlamlar o‘rtasida aksionerlar sonining
oshishi, balki barcha ijtimoiy institutlarning yuksak barqarorligi,
mehnatkashlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va boshqalar nazarda
tutiladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat. Raqobatning ijtimoiy roli.
Ijtimoiy
bozor xo‘jaligida uyg‘un iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amal qiladi.
Ijtimoiy siyosatni qolgan barcha iqtisodiy siyosatning oddiy ilovasi
sifatida qarash kerak emas, deb yozadi V.Oyken. Bu siyosat, eng
329
avvalo, iqtisodiy tartib siyosati bo‘lishi kerak. O‘z fikrini ifodalab, u
ijtimoiy nuqtayi nazardan kerakli bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘q, deb
ta’kidlab o‘tadi. “Iqtisodiy siyosatning hech bir chora-tadbirlari yo‘qki,
ular birdaniga bevosita yoki bilvosita ijtimoiy oqibatlarni keltirib
chiqarmagan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan bo‘lsin”.
Iqtisodiy siyosatning vazifalari yuksak darajada faol va ular boshqa
omillar bilan bir qatorda iqtisodiy hayotda aniqlovchi omil bo‘lishi
kerak.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sib borishi bilan birga ijtimoiy
siyosat (bozor iqtisodiyotining shart-sharoitlari va xususiyatlariga
muvofiq) ish bilan bandlikni ta’minlash, mintaqalarda daromadlar
tengsizligini tugatish, ancha yuqori ijtimoiy ta’minot, ishchilarning
korxonalarni boshqarishda qatnashish tartibini takomillashtirish va
boshqa muammolarni ilgari surdi.
Tartib tizimini takomillashtirish sifatida raqobat har tomonlama
rivojlantirib boriladi. Raqobatni rivojlantirish muayyan institutsional
shart-sharoitlarning bo‘lishini taqozo etadi. Bu shartlar monopolizm
bilan kurashish, mayda va o‘rta tadbirkorlikka ko‘maklashish, har bir
kishiga o‘z qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
sharoitlarni yaratib berish orqali qo‘llab-quvvatlab turiladi.
Raqobat iqtisodiy o‘sishga, mehnat unumdorligini oshirishga,
texnika taraqqiyotiga olib keladi. Raqobat u mustaqil xo‘jalik yuritish
vositasi, turli sohalarda optimal yechimlarini topishga rag‘batlan-
tiruvchi kuch, kundalik turmush va dam olishni tashkil etish shakli
sifatida ijtimoiy funksiyani ham bajaradi.
Klassik maktab va keyingi avlod vakillari “iqtisodiy jarayonlar
“siyosiy” iqtisod sohasida kechishini, u boshqa, shu jumladan, siyosiy
omillar ta’siriga uchrashini” unchalik hisobga olmagan, unga yetarlicha
baholamagan.
Hozirgi davrda iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi
tasavvur butunlay o‘zgargan. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi uchun, L.Erxard
fikriga ko‘ra, “bozorda mutanosiblikni ushlab turishda nafaqat texnik,
avtomatik mexanizmlar, balki ma’naviy, axloqiy tushunchalar ham
muayyan ahamiyatga ega. Faqat erkin shakllanadigan baho orqali talab
va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turish ijtimoiy tuzumni oqlash
yoki uning g‘oyaviy boyligini to‘ldirish uchun yetarli emas”.
330
Germaniya iqtisodiyoti rahbarlari o‘zlari olib borayotgan yo‘lning
to‘g‘ri ekanligini asoslab berish uchun, shu jumladan neoliberallarning
konsepsiya va takliflariga umuman mos kelmaydigan chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun ijtimoiy bozor xo‘jaligining g‘oya va shiorlaridan
keng va mohirona foydalandilar.
Hozirgi davrda Germaniyada ijtimoiy siyosatning quyidagi
maqsadlari rasman shakllanmoqda:
1)
ijtimoiy adolatni ta’minlash: yaratilgan boyliklarni jamiyat
a’zolari o‘rtasida adolatli taqsimlash;
2)
ijtimoiy himoya, ya’ni aholini ishsizlik, kasallik, baxtsiz voqea
kabi ijtimoiy xatarlardan saqlash;
3)
barcha ijtimoiy guruhlarning amal qilib turgan (ijtimoiy)
tartibning bilan hamjihatligiga erishish.
Dostları ilə paylaş: |