Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

13.6.
 
MONETARIZM KONSEPSIYASI VA UNING 
ASOSIY QOIDALARI 
 
1950–1960-yillar 
davomida 
keynschilik 
ta’limotiga qarshi 
monetarizm ta’limoti yuzaga keldi. Uning asosiy vakillaridan biri bu – 
Milton Fridmen. Uning ta’limoti keynschilikka qarama-qarshi go‘yadir. 
Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada pulga hech qanday rol 
o‘ynamagan va narxlarning tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb 
etmagan. Pulni yetkazib berish va narxlarning 
shakllanishi 
Keynsning 
tadqiqotlarida 
o‘z 
ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urushi davomida 
rivojlangan davlat g‘aznasi va qayta ta’minlash 
o‘rtasidagi kelishuvlarning birida shu narsaga 
kelishib olindi, ya’ni narxlarni eng past darajada 
saqlab turish uchun har qanday turdagi bondlarni 
sotib olish. Fidman buni bajarish uchun har 
qanday turdagi o‘zgarishlarni amalga oshirgan. 
Monetaristlar shuni ta’kidlab o‘tdiki, davlatning 
iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati 
muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun 
monetaristlarning asosiy muomosi pul hisoblangan.
171
171
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin 
Company Boston Toronto. P. 440. 
Milton Fridmen (1912-2006) 


331 
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur 
va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago 
universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi 
Milton Fridmen (1912–2006) 
hisoblanadi. Monetaristlar ularni pul 
massasi bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun 
tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil tarzda 
yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. 
Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga 
ko‘ra, erkinlik va xususiy tadbirkorlik o‘rtasida ichki bog‘liqlik mavjud. 
Faqat xo‘jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy 
samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Iqtisodiyotda nima qilish 
kerakligini millionlab kishilardan ko‘ra davlat amaldorlarining yaxshi 
bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo‘jalik jarayonlarga 
aralashuvi iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartiblash tizimini buzishga olib 
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini 
ta’minlagan holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog‘i 
lozim. 
Monetarizmning asosiy qoidalari. 
M. Fridmen konsepsiyasini 
tasavvur qilish uchun, uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‘llab- 
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz. 
Monetaristlar 
fikricha, 
bozor 
iqtisodiyoti 
o‘zining ichki 
xususiyatiga ko‘ra barqarorlikka, o‘zini o‘zi tartiblashga intiladi. Bozor 
raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta’minlaydi. Mabodo 
muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar 
natijasida emas, balki tashqaridan bo‘ladigan arashuvlar, davlat 
tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. 
Bozor xo‘jaligining barqarorligi to‘g‘risidagi ushbu qoida 
J.M. Keynsning iqtisodiyotiga davlat aralashuvining zarurligi 
to‘g‘risidagi tasdig‘iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma’muriy, 
baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada 
barqarorlashtirishga qodir. 
Agar J.M. Keyns budjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini 
oldindan bilish mumkin bo‘lgan dastaklar sifatida baholagan bo‘lsa, M. 
Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday 
tavsiflaydi. Uningcha, (Keynsga qaraganda), pul–kredit siyosati 
iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish 


332 
bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi. 
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda 
almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. 
M. Fridmen pul harakati (pul massasining o‘sish sur’ati) va yalpi ichki 
mahsulot o‘rtasida o‘zaro chambarchas bog‘liqlik amal qilishiga 
asoslanadi. Pul massasining o‘sish sur’atining tezlashuvi yoki 
sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning sikli tebranishida 
aks etiladi. 
Gap shundaki, pul massasidagi o‘zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy 
parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta’siri 
bilinadi. Odatda, lag (vaqtincha o‘zilish) bir necha oyni tashkil etadi. U 
shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o‘zgarishlar yalpi ichki 
mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta’sir 
ko‘rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa 
muddatli o‘zgarishlarga mo‘ljallangan bo‘lmay, balki uzoq muddatli 
xarakterga ega. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin