322
aksincha ular o‘z-o‘zidan yuz beradigan tartib doirasida rivojlanib
boradi. “Biz hodisalar o‘rtasidagi aloqani muayyan darajada
tushunishimiz mumkin, lekin ularni boshqara olmaymiz”, – deb yozadi
F.Xaek. Ijtimoiy tartib ongli xatti-harakat natijasi bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatda o‘rnatilgan tartib o‘z-o‘zidan bo‘ladigan
xatti-harakat
natijasidir.
F.Xaek makroiqtisodiy tahlilga salbiy munosabatda bo‘lgan.
Uningcha, mikroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bir butun
iqtisodiyotning amal qilishini tushuntirib berish uchun zarur va yetarli
hisoblanadi. Alohida xo‘jalik subyektlarining xatti-harakatining
muvofiqlashuvi muammosi axborot yordamida hal etilib turiladi.
Axborot bozor bahosi mexanizmi orqali kelib tushadi, u xo‘jalik
ishtirokchilariga ustunlik beradi.
Bozorning samaradorligi shunda ko‘rinadiki,
unda
aniq
axborotlar yetarli va ular tez tarqaladi. Natijada ideal emas, lekin shunga
yaqin muvozanat o‘rnatiladi.
F.Xaek ijtimoiyizmni tanqid qiluvchilardan biri sifatida, to‘liq va
operativ axborotga ega bo‘lmagan markaziy
rejalashtirish bozor
iqtisodiyotiga o‘xshab samarali amal qila olmasligini ko‘rsatib berdi.
Baholarning bir markazdan o‘rnatilishi, ularning ustidan nazorat qilib
turilishi, F.Xaekning fikri bo‘yicha, axborotning buzilishiga, noto‘g‘ri
tarqalishiga olib keladi. Baho talab va taklifni to‘g‘ri aks ettirmaydi,
mahsulotlarga bo‘lgan talab to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi aniq tasavvurga
ega bo‘lmaydi.
F.Xaek bo‘yicha, pul emissiyasiga bo‘lgan
davlat monopoliyasi
erkin jamiyat uchun zararli, negaki hukumat bunday monopoliya
yordamida o‘z fuqarolari hisobiga davlat muammolarini yechishga
urinadi (masalan,
davlat qarzi muammosi, davlat xarajatlarining
ko‘payib ketishi va b.). U davlat emissiyasini xususiy emission
banklarning erkin raqobati bilan almashtirishni taklif qiladi. Xususiy
valutalarni chiqarayotgan banklar o‘rtasidagi
erkin raqobat natijasida
odamlar kundalik hayotda foydalanish qo‘l keladigan ancha barqaror
valutani tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
323
Valtyer Oyken (1891–1950)
Dostları ilə paylaş: