338
faollikni keltirib chiqaradi. Agar pul taklifining ko‘payishi yiliga 3–5
foizdan oshib ketsa, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi, agar
pulning ko‘payishi 3–5 foizdan past bo‘lsa YaIM o‘sishi pasayadi.
M. Fridmen fikri bo‘yicha, Buyuk turg‘unlik davri qiyinchiliklari,
eng avvalo, fedyeral rezerv tizimining (FRT)
iqtisodiyotda pul
miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi yetmaganligi bilan
bog‘liq (fond bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo‘lishi
sababli). Pul massasining yetishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko‘rsatdi,
real ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu yerda shu narsani aytish
kerakki, monetaristlarning tanqidi behuda bo‘lgani yo‘q, u keyinchalik
o‘z foydasini ko‘rsatadi. 1987-yil 19-oktabrda jahon miqyosida fond
bozori sinishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning
qat’iy xatti-harakati tezda o‘z samarasini berdi. Rag‘batlantiruvchi pul
siyosati amalga oshirildi.
Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi
sarosimani to‘xtatdi.
Monetar konsepsiyasining keynschilikdan farqi.
Yuqorida qayd
qilib o‘tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o‘rtasida nisbat
o‘rnatishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Pul taklifining o‘sishi (pulning
o‘sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo‘lishi
lozim. M. Fridmen fikriga ko‘ra, bunday darajani aniqlash juda
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi.
Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta’sir ko‘rsatayotganligini
aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar
kechikkan bo‘lishi va ba’zida qarama-qarshi
natijalarni keltirib
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba‘zan ishlab chiqarishning o‘sishini
rag‘batlantirish ko‘zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul
qilingan qaror o‘sishga to‘sqinlik qiladi.
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunkturali
siyosatdan voz kechishi va iqtisodiyotga o‘zoq muddatli ta’sir
ko‘rsatish, pul massasini asta-sekin ko‘paytirib borish siyosatiga o‘tishi
kerak. Pul massasi nominal YaIM ga ta’sir ko‘rsatadi.
Monetar konsepsiya va monetar tavsiyalar
keynschilikdan farq
qiladi, ba‘zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni
tartiblash muammosidagi bu ikki yondashuv o‘rtasiga katta chegara
qo‘yish ham noto‘g‘ri. Har ikkala nazariya, eng avvalo,
bozor
iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har
ikkala nazariya birbirini o‘zaro to‘ldirib turadi (umumiy daromadni
339
aniqlash nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining
xarajatlarga miqdoriy bog‘liqligini asoslab berdi, M.Fridmen esa
daromadlarning pulga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
Shu bilan birga,
J.M. Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o‘rtasida ayrim farqlar
mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko‘rinishda aks ettirish
mumkin:
Monetarizm ham, Keynschilik ham iqtisodiyotni tartiblash
zarurligidan kelib chiqadi. Ularning nazariy
tavsiyalari muayyan bir
davrda qo‘l kelsa, boshqa davrda ish bermaydi. Shu bois, iqtisodiy
vaziyat va sharoitlarga qarab ulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: