Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Pulga bo‘lgan talab va taklif



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Pulga bo‘lgan talab va taklif. 
Kishi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
o‘z boyliklarini har xil shakllarda (pul, qimmatli qog‘ozlar, yer 
uchastkasi, ko‘chmas mulk va boshqa ko‘rinishlarda) saqlashi mumkin. 
Har kim o‘z boyligini ko‘paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash 
maqsadga muvofiq kelishiga intiladi. 
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga 
muvofiq. Negaki pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin. 
M.Fridmen boylikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko‘rsatib 
beradi: pullar, obligatsiyalar, aksiyalar, moddiy ne’matlar, inson 
kapitali. Bir shakldagi boylikning qimmati oshishi, ikkinchisining 
pasayishi mumkin. Shu bois, boylik shakllarining almashtirib turilishi, 
ularni sotish va sotib olish operatsiyalari doimo bo‘lib turadi. Odamlar 
o‘z boyliklarini ancha likvidli aktiv – pul shakllarida ushlab turishga 
harakat qiladilar. Pulga egalik qilish o‘z-o‘zidan daromad olib kelmaydi. 
Pul zaxirasi, bir tomondan, kundalik xarajatlar uchun kerak bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad 
olish imkoniyatini yo‘qotadi. Yostiqning tagida, sandiqning tagida 
yotgan pullar ularning egalarini obligatsiyalarni sotib olish, 
tadbirkorlikka pul qo‘yish va boshqa yo‘llar bilan daromad topishdan 
mahrum etadi. 
Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha, 
pulga bo‘lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda, 
transaksion sabablar bilan aniqlanadi. Savol tug‘iladi: 


336 
odamlar o‘z aktivlarining qancha qismini likvidli shaklida ushlab 
turishlari kerak? M.Fridmen bo‘yicha, tovar va xizmatlarni sotib olish 
uchun zarur bo‘lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‘lishi mumkin emas, 
lekin kassada kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir. Agar kassada 
pullari ko‘payib ketsa, odamlar ularni ko‘proq foiz yoki foyda 
keltiradigan aktivlarga aylantiradilar. 
Agar baholarning (inflyatsiya) oshishi kutilsa, pulga talab 
kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo‘lgan talab 
kuchaydi. Pulga bo‘lgan talab foizga ham bog‘liq. Foiz oshganda pulga 
talab pasayadi. Lekin pulga bo‘lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki 
M.Fridmen bo‘yicha, boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan 
pulning me’yorli foydaliligi ham bog‘liq. Uning me’yorli foydaliligi 
qancha yuqori bo‘lsa, pul talabi ham ko‘payadi. 
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi 
ancha o‘zgaruvchan bo‘ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi, 
balki tashqi ta’sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank 
tomonidan, tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli 
qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‘lgan talab 
va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar 
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul 
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‘ladigan jarayonlar bilan uzviy 
bog‘langan. 
Pul taklifidagi o‘zgarishlarning YaIM bo‘lgan ta’sirini mone- 
taristlar va keynschilar har xil tushuntiradi. Keyns bo‘yicha, pul-kredit 
siyosati (pul miqdorining o‘zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u 
investitsiyaga va yalpi talabga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida 
qaraladi. Shu bilan birga, u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik 
kerakligini qayd qilib o‘tadi. Bundan tashqari, foiz stavkasining 
pasayishi investitsion talabning doimo o‘sishini keltirib chiqarmaydi 
(“investitsion tuzog‘i” sababli), pul massasining ko‘payishi esa foiz 
stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (“likvidlik 
tuzog‘i” sababli). 
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular 
tovarlarga va investitsiyalarga bo‘lgan talabni pul oqimi (pul miqdori 
massasi)ga bog‘lab tushuntiradi. Pul massasining bir oz ko‘payishi tovar 
va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining me’yordan 
oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi. 


337 
Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho 
mexanizmining amal qilishiga halaqit bermaslik kerak. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin