343
E.Chamberlin (1899-1967)
Eduard Xastingz Chamberlin (1899–1967),
mahsulotni ishlab
chiqarishda
monopoliya
mavjudligidan
kelib
chiqqan
holda
“monopolistik raqobat” tushunchasini
iqtisodiyot faniga taqdim etdi. Biz bilamizki,
mahsulotni differensiallashtirish bo‘yicha
monopoliya,
boshqa
firmalarning
mahsulotlaridan farqli muayyan mahsulotni
ishlab chiqarishga, bozorda qisman bo‘lsa
ham vaziyatni o‘ziga
burishga harakatida
namoyon bo‘ladi. Bu
mahsulotlarining
narxini ko‘tarilishi davrida ham mijozlarni
yo‘qotmaslik harakatida namoyon bo‘ladi (bu
mukammal
raqobat
sharoitida
nazariy
jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin).
Mahsulot bozorda turli xususiyatlar bilan emas, balki sotish
shartlari,
shuningdek, u bilan bog‘liq xizmatlar hamda joylashtirishga
ko‘ra differensiatsiyalanish ham mavjud. Agar biz bunday monopoliyani
ta’riflasak, unda u butun bozor tizimida mahsulot narxlarini o‘zi
boshqarishi bilan ham e’tiborli. Ushbu guruh monopolistlarining kuchi
chegaralangan, chunki tovarlarni yetkazib berishni nazorat qilish,
qisman, o‘rnini bosadigan mahsulotlarning mavjudligi bilan amalga
oshadi. Bu mahsulotning narxi bozor talab qilayotgan moslashuvchanlik
bilan kechadi.
Boshqacha aytganda, mahsulotni farqlanishdan kelib
chiqib, biznes muvaffaqiyati faqat mahsulot bahosi va iste’mol sifati
bilan emas, balki sotuvchining bozorda imtiyozli mavqega ega bo‘lishi
bilan ham kechadi. Ya’ni monopolistik foyda, raqobatchilarning ishg‘ol
qilinishidan himoyalanish va o‘zining mahsulotlariga mavjud bo‘lgan
talabni oshirishi bilan ham kechishi mumkin.
Chamberlin muammoni yangi usulda beradi. Uning modelida
talabning hajmi, uning mahsulotidan iste’molchilarning lazzatlanishi va
oladigan nafliligini maksimallashtirish
orqali amalga oshishi kabi
parametrlarni oladi. Uning fikriga ko‘ra, deyarli barcha mahsulotlar
ijtimoiy, ya’ni jamoatchilik fikri asosida yaratiladi. Shunday qilib,
Chamberlin, narx, raqobatning hal qiluvchi vositasi emas,
degan
xulosaga keladi, chunki talabni yuzaga kelishida asosiy e’tibor bu reklama,
mahsulot sifati va mijozlarni undan qoniqishidir.
344
Chamberlin narx va qiymatga yangicha yondashadi. Uning modelida
ishlab chiqarishning optimal hajmi va shunga mos ravishda kompaniyani
maksimal foyda bilan ta’minlaydigan narx darajasidir.
Chamberlin, monopolistik raqobat sharoitida firmalarning yuqori
texnologik samaradorlikka ega bo‘lishi va ishlab chiqarish hajmidan
kamroq daromad olishini e’tirof etadi. Buning sababi shundaki,
qo‘shimcha mahsulotlarni sotish uchun kompaniya narxni pasaytirishi yoki
ko‘proq sotish uchun xarajatlarni oshirishga majbur bo‘ladi.
Chemberlin “savdo xarajatlari” degan tushunchani kiritadiki,
bu bilan
u talabga moslashgan mahsulotni sotishda odatiy ishlab chiqarish
xarajatlariga qaraganda boshqacha yo‘nalishga ega bo‘lishini tushuntiradi.
Bu xarajaatlarni biz hozirda reklama xarajatlari sifatida ta’riflaymiz.
Dostları ilə paylaş: