346
14-
MAVZU. HOZIRGI ZAMON IQTISODIY
TA’LIMOTLAR EVOLYUTSIYASI (2 soat)
14.1.
ISHSIZLIK, INFLYATSIYA VA INQIROZ
MUAMMOLARINING IQTISODIY G‘OYALARDA AKS
ETTIRILISHI
Ishsizlik muammolarini ilmiy o‘rganmasdan
mehnat bozori va
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini to‘la tasavvur etib bo‘lmaydi. Ishsizlik –
bu, bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir.
Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad –
aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini
kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador
tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT,
Xalqaro
Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati
talablariga ko‘ra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-
konvensiyasi ta’rifiga ko‘ra «ishsiz shaxslar» deganda, – ish joylariga ega
bo‘lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana
shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli
mamlakatlarda fuqaroni
ishsiz shaxs deb e‘tirof etish uchun qo‘shimcha shartlar talab qilinadi.
Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida so‘nggi bir hafta mobaynida
ish bilan band bo‘lmagan, so‘nggi to‘rt hafta davomida ishga joylashishga
(bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga
murojaat etish orqali)
harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e‘tirof etiladilar
172
.
Yaponiyada ishsiz shaxs deb so‘nggi bir hafta davomida bir soat ham
ishlamagan,
Buyuk Britaniyada esa, so‘nggi bir hafta mobaynida
ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish
qidirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar tushuniladi.
Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan
bo‘shatilgan va mehnat stajiga ega bo‘lganlar tushuniladi.
Bandlik va ishsizlik muammolarini D.Keyns, P.Samuelson, A.Ouen,
R.Kempbell, Makkonel Stenli, L.Bryu, A.Fisher va boshqalar o‘rgangan.
Keyns bo‘yicha ishsizlik tovar va xizmatlarga
samarali talabning
yo‘qligi sababli ishlab chiqarishning to‘xtab qolish holida yuz beradi deb
172
Мanba: Internet tarmog
‘
ining http://www.ilo.org ва http://www.indexmundi.com veb saytlari
ma’lumotlaridan olindi.
347
hisoblagan. Ishsizlik pul-kredit yoki davlatning soliq-budjet siyosati orqali
pasaytirish mumkin deb hisoblaydi
173
.
Amerikalik iqtisodchi olim Artur Ouken notabiiy yoki davriy
ishsizlikning salbiy ta’sirga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi.
A.Ouken qonuniga ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1
foizga oshganda
yalpi milliy mahsulot 2,5 foizga kamayadi
174
.
Dostları ilə paylaş: