Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Evsey Domar 
(1914–1997) va Oksford universiteti professori 
Robert Xarrod 
(1890–1978) hisoblanadi. 
Ularning 
modelida 
iqtisodiyotning 
doim 
(mo‘tadil) 
sur’atlarda 
o‘sishi 
dinamik 
barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti 
hisoblanadi. Shu holatda ishlab chiqarish 
quvvatlari va mehnat 
resurslaridan 
to‘la 
foydalaniladi. 
Harrod-Domar 
modelining 
boshqa 
bir 
qoidasi 
bo‘yicha 
ayrim 
parametrlar, 
chunonchi 
daromadlardagi 
jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalari uzoq 
davr mobaynida doimiy deb tan olinishi lozim. 
Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy 
o‘sishga erishish avtomatik ravishda 
bo‘lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni 
170
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Дарслик. –Т.: 
”IQTISOD-MOLIYA”, 2007. 243–244-б. 


313 
davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinligini 
ta’kidlaydilar. 
Domar 
va 
Harrod 
modellaridagi 
farq 
–boshlang‘ich 
yondashuvlardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod modelida 
investitsiya va jamg‘armalar tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul 
daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) tengligi qabul 
qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o‘sishini 
ta’minlashda investitsiyalar roli yuqori, ishlab chiqarish quvvatlarining 
o‘sishda faoldir deb biladi. Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, 
investitsiya o‘sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z yo‘lida, 
korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashini va ishsizlikning oldini 
oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasining so‘zsiz tan olishdir; 
chunki Keyns bo‘yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va 
jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog‘liq, 
aniqroq aytilsa, investitsiyalarning ildam o‘sishi, baholar darajasi 
o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxona- larning to‘la 
ishlamasligi va ishsizlikning sababidir. 
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta’limoti inqirozlar, 
urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki 
favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. 
Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so‘ng G‘arb mamlakatlarini 
sotsialistik yonalishi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti 
qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sdi, inflyatsiya kuchaydi. Bu ijtimoiy 
ishlarni ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. 
Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo‘li bilan hal etish mumkin 
deganlarning tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish 
inflyatsiyaga olib keladi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida 
inflyatsiya bo‘lmagan holda minimal ishsizlik darajasini isbotlashga 
imkon berdi. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyalari rivojlanishida neokeynschilik, 
neoklassik va institutsionalizm yo‘nalishlarini alohida ko‘rsatib o‘tish 
muhim. Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli modellari 
yaratildi. Amerikalik iqtisodchi olim Robert Solouning iqtisodiy o‘sish 
nazariy modeli zamonaviy makroiqtisodiy nazariyani ishlab chiqishda 
asos qilib olingan va iqtisodiy tahlilda keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
Solou modeliga ko‘ra, doimiy texnik taraqqiyot va 


314 
R.Salou (1924) 
resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning belgilovchi 
omillari hisoblanadi. 
Robert Merton Solou 1924-yilda Bruklinda, Nyu-Yorkda tug‘iladi. 
Kambag‘al immigrantlar oilasida Robert to‘ng‘ich farzand bo‘lgan, 
undan keyin ikki singlisi dunyoga keladi. 
O‘zlari o‘qimaganliklari tufayli ota-onasi 
ularni o‘qitishga harakat qilishadi va natijada 
uchala farzand ham oliy ma’lumotli bo‘lib 
yetishadi. 
Solou boshlang‘ich o‘rta maktabda eng 
yaxshi o‘quvchilardan biri edi, biroq o‘zining 
ta’kidlashicha, yuqori 
salohiyat 
bilan 
boshqalardan deyarli ajralib turmasdi. 
O‘rta maktabning oxirgi sinflarida o‘qigan kezlarida o‘qituvchilardan 
birining maslahatiga ko‘ra, XIX asr fransuz va rus mumtoz 
yozuvchilarining asarlarini yoppasiga o‘qishga kirishadi va bu 
mashg‘uloti uni shaxs sifatida shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘rta maktabni tugatib, Solou tanlov imtihonlaridan muvaffa- 
qiyatli o‘tdi va Garvard universitetida ta’lim olish uchun imtiyozli 
stipendiyaga ega bo‘ldi. 1940-yilda o‘qishni boshlagan paytida u 
sotsiologiya, antropologiya va iqtisodiyotning boshlang‘ich kurslarini 
o‘rganadi. 
Ikkinchi jahon urushi avj olgan 1942-yilda Solou 18 yoshni 
qarshiladi va universitetdagi mashg‘ulotlarini to‘xtatishga majbur 
bo‘ldi. U avvaliga AQSH qurolli kuchlarida oddiy askar bo‘lib, 
keyinchalik esa biroz muddat Shimoliy Afrika va Sitsiliyada xizmat 
qildi. 1945-yilda ingliz-Amerika qo‘shinlari tarkibida 
Italiyani 
fashistlar istilosidan ozod qilishda ishtirok etdi. 
1945-yili Solou harbiy xizmatdan bo‘shaydi va Garvardga 
qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. Tahsil davomida iqtisodiyot bilan 
qiziqib, V.Leontev qo‘lida saboq oldi, u Solou uchun ustoz va do‘st 
bo‘lib qoldi. 
Solou 1947-yilda bakalavr, 1948-yilda esa magistr darajasini oladi. 
V.
Leontev rahbarligida Solou assistent-tadqiqotchi sifatida faoliyat 
yuritadi va uning xarajatlar-ishlab chiqarish modelini tuzishda ishtirok 
etadi. Keyinchalik u iqtisodiyotning statistika va ehtimollik modellari 
bilan qiziqib qoladi. Biroq Garvardda o‘tilayotgan statistika fanining 


315 
saviyasi uni qoniqtirmaydi va ijtimoiy munosabatlar bo‘limida 
ishlaydigan F. Mostellerning maslahatiga ko‘ra 1949/50 o‘quv yilini 
Kolumbiya universitetida aspirant sifatida davom ettiradi. Mazkur o‘quv 
yili mobaynida Solou intensiv tarzda olib borilayotgan o‘qishi davomida 
doktorlik dissertatsiyasining tezislari ustida ishlaydi. Bu tadqiqotida u 
bandlik, ishsizlik va ish haqini belgilab beruvchi mavjud normalarni 
qo‘llagan 
holda 
ish 
haqini 
taqsimlashdagi 
o‘zgarishlarni 
modellashtirishga urinib ko‘radi. Bu ilmiy ishi uchun 1951-yili Garvard 
universiteti uni Devid Uells mukofoti bilan taqdirlaydi va tadqiqotni 
tugatish uchun 500 dollarlik chek topshiriladi. Biroq Robert Solou 
noma’lum sabablarga ko‘ra bu tadqiqot ishiga qaytmaydi, tezislari esa 
chop etilmay qoladi. 
Robert Solou Kolumbiya universitetini tugatgach, Massachusets 
texnologiya instituti iqtisodiyot bo‘limida statistika va ekonometrika 
bo‘yicha professor assistenti sifatida ma‘ruzalar o‘qiy boshladi. Pol 
Samuelson (u ham shu yerda dars bergan) uni o‘ziga ishga taklif etadi. 
Deyarlik 40 yil davom etgan bu hamkorlik mobaynida u sof holdagi 
iqtisodiyot nazariyalari bilan shug‘ullandi. 
Katta hajmdagi tadqiqot ishlarini Solou o‘qituvchilik faoliyati bilan 
chambarchas olib bordi. Olimning so‘zlariga qaraganda, agar u 
talabalarni o‘qitmaganda, ehtimol 25 foiz ko‘proq ilmiy ish yozgan 
bo‘lardi. Biroq Solou o‘z tanlovini qilib bo‘lgan edi va o‘zi aytganidek, 
hech qachon bundan afsuslanmagan. Solouning ilmiy qiziqishlari 
iqtisodiyotni yaxlit bir butun fan sifatida tahlil qilish bilan bog‘liq. U 
umumiy iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va nazariy hamda 
amaliy sohalarda ixtisoslashadi. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasiga 
qo‘shgan asosiy hissasi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqtisodiy 
o‘sishning neoklassik modelini yaratganidir. 
Robert Solou g‘oyalari yangi keynschilik ta’limotini tanqid qilish 
asosida yuzaga keladi. Neokeynschilik nazariyasining bo‘sh g‘oyalari 
quyidagicha izohlanadi: 
1)
bu modellarda ishlab chiqarishning o‘sishi faqat yangi kapital 
qo‘yilmalar funksiyasi sifatida qaraladi, vaholanki, bu o‘sish yangi 
ishchi kuchlarini jalb qilish orqali mavjud, ammo jarayon 
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish kuchlarini ishga solish bilan ham 
ta’minlanishi mumkin; 


316 
2)
modellarda ishlab chiqarishdagi kapital hajmi o‘zgarmas deb 
qabul qilinadi, bu esa ishlab chiqarishda turli kapital hajmlarini tanlab 
olishga imkon bermaydi. R.Solou va ingliz olimi J.Mid iqtisodiy 
o‘sishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdilar, bunday nomlanish 
Alfred Marshallga borib taqaladi. Unga ko‘ra, erkin raqobat saqlangan 
holda ishlab chiqarish omillari (kapital, yer, mehnat) egalari chegaraviy 
(eng yuqori ) mahsulot olish bilan taqdirlanadilar. 
Ishlab chiqarishning asosiy omillaridan to‘la foydalaniladi. Bunga 
erkin raqobat mexanizmi imkon yaratadi va omillar narxiga ta’sir etadi. 
Masalan, agar kapital qo‘yilmalar sur’ati juda yuqori bo‘lsa, ishlab 
chiqarish vositalarining narxi ko‘tariladi. Bu esa ishbilarmonlardan 
kapital hajmini kamaytirish yo‘lini axtarishga undaydi, oqibatda kapital 
narxi pasayadi. 
Bu nazariyada boshqa komponentlar, ya’ni mehnat, tabiiy resurslar, 
texnika progressi ham hisobga olinadi. Asosiy xulosa shundan iborat 
ediki, uzoq davr oralig‘ida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
kapital qo‘yilmalar o‘sish sur’atlariga bog‘liq emas. Uzoq muddatli 
istiqbolda aynan texnik rivojlanish iqtisodiy o‘sish uchun asosiy zamin 
yaratadi. 
Iqtisodiy o‘sish modelini Solou birinchi bor 1956-yilda “Iqtisodiy 
o‘sish nazariyasiga hissa” (“A Contribution to the Theory of Economic 
Growth”) deb nomlangan maqolada ta’riflaydi. Bu matematik model 
bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida aks ettirilgan edi. 
Amerikalik mutaxassislarning fikricha, hech bir iqtisodchi olim o‘sish 
nazariyasida “mehnatni kapital bilan almashtirish” tushunchasini bu 
qadar oddiy va tushunarli qilib ishlatmagan. 
Robert Solou Massachusets institutida o‘qituvchilik va ilmiy 
faoliyat bilan birga makroiqtisodiy tahlilning turli yo‘nalishlari, shu 
jumladan, bandlik muammosi va uning ahamiyati bilan shug‘ullangan. 
U zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining yaxlit bir yo‘nalishi bo‘yicha 
shuhrat qozongan, zamonamizning salohiyatli va eng bilimdon 
olimlaridan biri sifatida tan olinadi. Salou nafaqat iqtisodiyot faniga, 
balki turli ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi bilan ham boshqalardan 
ajralib turadi. 1950–1987-yillar davomida iqtisodiy jurnallarda, 
monografiya va to‘plamlarda chop etgan asarlarining umumiy soni 165 
taga etadi. 


317 
Robert Merton Solou “iqtisodiy o‘sish nazariyasiga qo‘shgan katta 
hissasi uchun” 1987-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Taqdirlash 
marosimida Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi a’zosi 
K.G. Myoller so‘zga chiqib: “Professor Solou tomonidan yaratilgan 
model katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o‘zgaruvchan 
voqelikni tushunish va tahlil etish mumkin”, degan edi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin