Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

12.6.
 
LIKVIDLIK USTUNLIGI, PUL MASSASI VA FOIZ 
STAVKASI NAZARIYALARI 
 
Odamlar o‘zida naqd pul bo‘lishini xohlashi tushunchasini 
J.M. Keyns 
“likvidlik ustunligi” 
deb atagan. Agar yangi klassiklarda pul 
zaxirasini jamg‘arish noratsional hisoblansa, J.M. Keyns bo‘yicha esa, 
bunday jamg‘arma bo‘lajak xo‘jalik vaziyatini prognozlashtirib 
bo‘lmasligi, xo‘jalik xatari mavjudligining muqarrar natijasidir. O‘z 
ishlarining yurishmay qolishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik 
kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Bundan tashqari, yuqori 
likvidlik moliyaviy aktivlar moliya bozoridagi «o‘yinda» muayyan 
ustunlik berishi mumkin: qimmatli qog‘ozlarning kursi pasayganda 
ularni tezda sotib olish uchun naqd pullar asqotadi. 
Kishilarning o‘z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, 
J.M.Keyns bo‘yicha, quyidagi sabablarga bog‘liq: 

xarid qilish zarurligi (transaksion motiv); 

kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); 

chayqovchilik sababi (motivi). 
Birinchi ikkita sababni pulning miqdoriy nazariyasining Kembrij 
varianti tarafdorlari ko‘rsatib o‘tgan. J.M. Keyns bo‘yicha birinchi ikkita 
sababdan boshqa, chayqovchilik motivi ham naqd pulga bo‘lgan talabni 
kuchaytiradi. 


310 
Odamlar qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ularning kursi 
pasayishini kutadi. Bunday vaziyat odamlarni o‘z qo‘llarida ancha 
likvidli mablag‘ – naqd pullarni ushlab turishga undaydi. 
Foiz stavkasi past bo‘lganda qimmatli qog‘ozlar kursi yuqori 
bo‘ladi. Foiz stavkasi ko‘tarilishi bilan obligatsiyalar kursi pasaydi. 
Demak, chayqovchilik funksiyasi likvidligi foiz me’yoriga bog‘liq. 
Foiz me’yori qancha past bo‘lsa, chayqovchilik motivi bo‘yicha 
naqd mablag‘larga talab shuncha yuqori bo‘ladi. Foiz me’yori qancha 
yuqori bo‘lsa, naqd pulga talab shuncha past bo‘ladi (yuqorida 
ko‘rsatilgan sababga ko‘ra). 
Shunday qilib, pulga bo‘lgan yalpi talab ikki qismdan tashkil topadi: 
a) oldi-sotdi (sdelka) uchun talab (milliy daromad darajasidan kelib 
chiqadigan funksiya), b) chayqovchilik uchun talab (foiz stavkasi 
funksiyasi): 
Dm = f (Y,R) 
Ehtiyotkorlik ham likvidlik ustunligini keltirib chiqaruvchi 
sabablardan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar – jamg‘arma 
to‘plashning xatarli shaklidir. Shuning uchun odamlarga aktivlari 
bexatar hisoblangan naqd ko‘rinishdagi o‘ziga xos sug‘urta fondi zarur. 
Pul massasi va foiz stavkasi. 
Keynscha modelda baholar 
o‘zgaruvchan emas. Shuning uchun pul massasining ko‘payishi ishlab 
chiqarish darajasiga baholarning o‘sishi orqali emas, balki foiz stavkasi 
orqali ta’sir ko‘rsatadi. 
Agar yangi klassiklar pul massasi makroiqtisodiy jarayonlarga 
faqat «to‘g‘ri» ta’sir ko‘rsatish mexanizmini, Viksell – ham «to‘g‘ri» 
ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo‘lsalar, J.M.Keyns esa 
e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi. 
Foiz stavkasi ikkita sababga ko‘ra o‘zgarishi mumkin: yo o‘z 
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turgan kishilarning 
psixologik kayfiyatidagi o‘zgarishlar oqibatida (pulga bo‘lgan talab egri 
chizig‘ining siljishi), yoki pul massasining o‘zgarishi natijasida (pul 
taklifi egri chizig‘ining siljishi). 
Agar foiz stavkasi R
1
darajada o‘rnatilgan bo‘lsa (13-rasmga 
qarang), unda uning R
2
darajaga pasayishi faqat pulga bo‘lgan talab 
egri chizig‘i chapga (D
2
) siljigandagina yoki pul taklifi egri chizig‘ining 
o‘ngga (S
2
) siljishi natijasida sodir bo‘ladi. 


311 
S

S

D

D



R

R

R

R

M

M


I

I



Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin