302
berishdan boshladi. Sey qonuni klassiklar o‘rtasida to‘g‘ri deb e‘tirof
etilgan va unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko‘ra taklif avtomatik
tarzda o‘z talabini yuzaga keltiradi. J.M. Keyns esa unga qarshi yalpi
talab o‘z taklifini yuzaga keltirish g‘oyasini ilgari suradi va o‘zining
samarali talab nazariyasini ishlab chiqadi.
Nega samarali talab hal qiluvchi omil ekanligini
tushuntirib berish
uchun J.M. Keyns
yalpi taklif
va
yalpi talab
tushunchalarini kiritdi.
Yalpi taklif yalpi xarajatlar va yalpi mahsulot (yoki bandlik) hajmi
o‘rtasidagi nisbat bilan aniqlanadi. Qisqa vaqt ichida bu nisbat
o‘zgarmaydi. Ma’lumki, tadbirkor muayyan mahsulotni sotgandan keyin
daromad olishi mumkin. Yalpi talab kutilayotgan daromadlar (jamiyat
miqyosida) va yalpi mahsulot (bandlik) o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.
Bu nisbat o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shuning uchun yalpi mahsulot,
bandlik
dinamikasi yalpi talab omillariga bog‘liq bo‘ladi.
Yalpi talab bu iste’mol talabi va investitsiya talabini (ishlab
chiqarish vositalariga bo‘lgan talab) o‘z
ichiga oladigan talab
hisoblanadi. J.M. Keyns bo‘yicha, ish bilan bandlik va milliy daromad
ishlab chiqarish, uning dinamikasi taklif omillari (ishlatilayotgan
mehnat, kapital miqdori, ularning unumdorligi) bilan emas, balki talab
omillari bilan aniqlanadi. U o‘z tadqiqoti markaziga talab muammosini
qo‘yadi. Uning bu nazariyasi samarali talab nazariyasi deyiladi.
Yalpi talab iste’molchilar, korxonalar, hukumat sotib olishga rozi
bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi bilan narxlar darajasi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu to‘lovga qobil talab
bilan
ta’minlangan tovar va xizmatlar summasi. Narxlar bilan
milliy mahsulot
ishlab chiqarish o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.
Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining va
milliy ishlab chiqarishning real hajmining muvozanatlashganini
bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab beradi. J.M.Keyns
uni samarali talab nuqtasi deb atadi. Samarali talab bu – bandlik
darajasini ifodalovchi yalpi to‘lovga qodir talab.
Bu yerda yalpi talabni qanday rag‘batlantirish asosiy muammo
hisoblanadi. J.M. Keyns XX asrning 30-yillari ko‘pchilik mamlakat-
larda yalpi talabning (iste’mol talabi ham, investitsiya talabi ham)
samarali bo‘lmaganligini asoslab berdi:
a)
iste’molga bo‘lgan talabning
yetarli darajada samarali
bo‘lmasligiga asosiy sabab, ish haqi oshganda kishilar iste’molining
303
oshib borishi pul daromadining o‘sish sur’atidan doimo orqada qoladi,
bu holat “asosiy psixologik qonun”ning amal qilishi bilan bog‘lab
tushuntiriladi,
bu qonunga ko‘ra, inson daromadlari oshib borganda
oldingiga qaraganda daromadlarning ko‘proq qismi jamg‘arila
boriladi
;
b)
investitsiyaga bo‘lgan talab ikkita sababga ko‘ra samarali
bo‘lmagan:
–
o‘sha “asosiy psixologik qonunning”
amal qilishi tufayli
iste’molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan
qo‘rqishi;
–
kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi.
J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va
hukumatning quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini taklif qiladi:
–
davlat uncha yuqori bo‘lmagan iste’mol talabini davlat
hujjatlarini va iste’molini ko‘paytirish orqali kompensatsiyalashi kerak;
–
hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo‘li bilan
xususiy investitsiyani rag‘batlantirish siyosatini yurgizishi kerak;
–
bozordagi vaziyatga qarab, ayrim hollarda, aholi jamg‘ar-
masining haddan tashqari ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida, aholidan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish zarur; shu
maqsadda vaqti-vaqti bilan ish haqi darajasini muzlatib qo‘yish o‘rinli
hisoblanadi;
–
makroiqtisodiy darajada qaror qabul qilishda
Dostları ilə paylaş: