Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Buyuk turg‘unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi. 
Sanoati 
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929– 
1933-yillardagi 
buyuk 
turg‘unlik 
davri 
iqtisodiyot 
fanining 
rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929-yildan 1933-yilgacha 
AQSHda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941-yilga 
qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937–1938-yillarda 
yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to‘xtatildi. 
Faqat 1942-yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni 
dunyo hali ko‘rgan emas. 
Yevropada ham inqiroz juda katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Faol 
ish faoliyatining pasayishi, taxminan, 1929-yil avgust oyidan boshlandi, 
sentabrdan esa u fond bozorida o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. 
Oktabrda fond bozori halokatga uchradi. Bu vaziyat bank vahimasiga, 
o‘z aktivining asosiy qismini qimmatli qog‘ozlarda saqlab 


299 
turgan banklarning ommaviy bankrotlikka uchrashiga olib keldi va 
natijada muomalada pul massasining keskin kamayishi kelib chiqdi. 
Bularning hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. 
Ishlab chiqarishning real hajmi keskin pasaydi. 
Buyuk turg‘unlik nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv roliga 
asoslangan eski iqtisodiy tizimni halokatga olib keldi, balki yangi 
klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Iqtisodiyotda 
vujudga kelgan bunday keskin vaziyat cheklangan resurslar sharoitida 
tanlov muammosini emas, balki ularning nisbiy ortiqchaligini (ommaviy 
ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari) muammosini 
keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli 
“umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini J.M.Keyns yaxshi 
tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi, 
unga ko‘ra 
bozor iqtisodiy munosabatlari takomillashgan, o‘zini-o‘zi 
tartiblovchi tizim hisoblanmaydi, faqat davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi 
mumkin. 
J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo‘nalish 
sifatida – keynschilik deb ataladi. 
1929–1933-yillardagi buyuk turg‘unlik davri klassiklarning bozor 
iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g‘oyasi ayni 
sharoitda noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartibga soilsh 
mumkinligini J.M.Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi. Uning 1936-yili 
chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari 
iqtisodiyotni makro darajada tahlil qilishda inqilobiy to‘ntarish yasadi. 
Ko‘pchilik iqtisodchilarning aytishicha, J.M. Keynsning bu asari XX asr 
iqtisodiy fanida burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi davrda ham 
ayrim mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi. 
O‘rganish predmeti va uslubi. 
J.M.Keynsgacha bo‘lgan iqtisodiy 
nazariyada xo‘jalik jarayonlarini tahlil qilishning mikroiqtisodiy 
yondashuvi hukmronlik qilib kelgan. Firmalarning samarali amal qilishi 
bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir narsa deb 
qaralgan. Xo‘jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish 
faqat pul massasi va bahoning umumiy darajasining o‘zaro 


300 
aloqasi muammosigagina kelib taqalgan, xolos. Buning ustiga, e’tibor 
faqat uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. J.M. Keyns birinchi bo‘lib 
makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi yalpi miqdorlari 
(ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, yalpi iste’mol 
xarajatlari va b.) o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi. 
Makroiqtisodiy uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun 
iqtisodiyotning rivojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini taqozo 
etadi. 
O‘rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M. Keyns iqtisodiy 
ta’limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy 
yondashuvdan ko‘ra makroiqtisodiy tahlilga ustunlik berishida
ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda «samarali talab» 
(talabning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi) konsepsiyasini asoslab 
berishida o‘z aksini topadi. 
J.M.Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish bilan 
bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda 
ko‘paygan edi. U yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur 
muammolar (shu jumladan, ish bilan bandlik muammosi) yechimini 
taklifdan emas, balki 
talabdan 
qidirish kerak degan xulosaga keldi. 
Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan 
talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib 
chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi 
talabning yalpi taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik 
jamiyatning surunkali kasalligidir. Yalpi talab harakati va ijtimoiy 
mahsulot miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlik keynschilik 
tadqiqotinig markaziy obyektini tashkil etadi. 
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga 
va mehnatga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning 
natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orqada 
qolib ketadi, jami xarajatlar va jami daromadlarning doimiy 
muvofiqligini ta’minlovchi Sey qonuni amal qilmaydimi? J.M. Keyns 
“Sey qonuni”ning dogmatik qoidalari tarafdorlarini keskin va dalillar 
asosida tanqid qildi. Bu borada u shunday yozadi: «Sey va Rikardo 
davridan boshlab iqtisodchi – klassiklar o‘rgatdilar: taklif o‘zi talabni 
keltirib chiqaradi… mahsulotning barcha qiymati bevosita yoki bilvosita 
mahsulot sotib olishga sarflangan bo‘lishi kerak». J.M.Keyns 
klassiklarning bu tezisini tanqid qilib, u faqat iqtisodiy hayotda pul 


301 
hech qanday mustaqil rol o‘ynamaydigan natural ayirboshlash sharoitida 
amal qilishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun, uning 
ta’kidlashicha, «Sey qonuni… to‘la ish bilan bandlikka erishishda hech 
qanday to‘siq yo‘q degan taxmin bilan bir narsadir». 
J.M.Keyns o‘zining o‘sha davrdagi «inqilobiy» metodologik 
tadqiqotiga asoslangan holda o‘tmishdoshlaridan farqli o‘laroq va 
hukmronlik qilib turgan iqtisodiy qarashlarga zid tarzda davlat 
yordamida ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatidagi ish haqini 
pasaytirishga yo‘l qo‘ymaslikning zarurligini, shuningdek, insonning 
jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi tufayli daromadlardan ko‘ra 
iste’molning ancha sekin o‘sishini tasdiqlab berdi. 
Makroiqtisodiy g‘oyalarning shakllanish bosqichi makroiqtiso- 
diyotni analitik baza bilan ta’minlash uchun Keyns ko‘makchi bo‘ldi. 
Keyns davriy o‘zgarishlar jarayonida pulning miqdoriylik nazariyasini 
qo‘llash haqida fikr yuritgan ikki jildli 
Treatise on Money (
Pulga oid 
izohlar) 
nomli kitobi ustida ish olib borgach, 
Umumiylik nazariyasi 
ustida ish olib bordi. Umumiylik nazariyasida Keyns oldinlari birgalikda 
yaqindan ish olib borgan hamkasbi Denis Robertsonga achinish hissi 
borligi sababli bu yo‘nalishni tark etdi. U buning o‘rniga oddiy hamda 
yangi yo‘nalish, jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikka 
e’tibor qaratdi. Murakkab maqsadga erishish yo‘lida Keyns neoklassik 
monetar tengsizlik yo‘nalishini hamda “klassik nazariya” deb 
nomlangan va iqtisodiy g‘oyalar bo‘rttirib ko‘rsatilgan qadimiy klassik 
yo‘nalishlarni birlashtirib o‘tdi. Buning natijasida u o‘zining yangi 
yo‘nalishidan tubdan farqlanuvchi klassik ta’limotning karikaturasini 
yaratdi. Keynchilik iqtisodiyoti multiplikatorlik modeli (ba’zida AE/AP 
modeli deb ham ataladi), IS/LM modeli va AS/AD modeli kabi turli xil 
modellar orqali gavdalantirildi. Bu modellar 1980- yillar mobaynida 
makroiqtisodiyot sohasining asosini tashkil etgan va haligacha nashrdan 
chiqqan qo‘llanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda. Lekin Keynschilik 
iqtisodiyoti o‘z ahamiyatini yo‘qotib borgani sayin zamonaviy 
makroiqtisodiyot turli xil yo‘nalishlarda davom etmoqda.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin