Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

f)
 
Iqtisodiy o‘sish bosqichlari 
Amerika olimi 
Uolter Rostou (1916–2003) 
o‘zining 
«Iqtisodiy 
o‘sish bosqichlari» (1960) 
kitobida jamiyatning xo‘jalik rivojlanishi 
Deniel Bell (1919–2011) 


295 
bosqichlarini ko‘rsatib berishga harakat qildi. Unda ijtimoiy omillar 
ikkinchi o‘ringa suriladi va ular texnologik sharoitlarni ta’minlash uchun 
qancha zarur bo‘lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi. 
Iqtisodiy o‘sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyatlariga bog‘liq 
emas, ular bozor va shuningdek, buyruqbozlikka asoslangan 
iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi. 
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‘rsatib 
beradi: 
1.
An‘anaviy jamiyat
: «Nyutongacha bo‘lgan fan va texnika» 
bilan hamda qishloq xo‘jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
2.
O‘tkinchi jamiyat. 
Bu yerda iqtisodiy o‘sish uchun shart- 
sharoitlar yaratilgan bo‘ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq 
etiladi, banklar paydo bo‘ladi, ishlab chiqarishni investitsiyalash 
kuchayadi. 
3.
Yuksalish davri 
(sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan 
tugatiladi, iqtisodiy o‘sish me’yorl holat hisoblanadi, ishlab chiqaruvchi 
sanoatning asosiy tarmoqlarining jadal rivojlanishi amalga oshiriladi, 
davlat eksportni rag‘batlantiradi. 
4.
Yetuklik bosqichi
: aholining o‘sishga qaraganda mahsulot 
ishlab chiqarishning doimo ortiq bo‘lishi ta’minlanadi, milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi, 
an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi. 
5.
Ommaviy iste’mol bosqichi
: uzoq muddat foydalaniladigan 
iste’mol buyumlari va xizmat ko‘rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
U.Rostou AQSH iqtisodiy tizimini 
ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi
ommaviy iste’molning yuqori darajasi 
bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning 
kelajakdagi rivoji uchun model deb 
tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu 
industrlashtirishni jadallashtirish zarurati 
tug‘ilgan hollarda «o‘tkinchi davrning 
kasali», «yagona industrial jamiyat»ga 
o‘tishning mumkin bo‘lgan yo‘llaridan 
biridir. Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish 
bosqichining o‘zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo 
Uoltyer Rostou (1916–2003) 


296 
kommunizm o‘z mohiyatiga ko‘ra yuqori ommaviy iste’mol davrida 
barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu bashorat amalga 
oshdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin