e) «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» XX asr 60-yillarning oxiriga kelib aholi
turmush darajasining o‘sishi, xizmat ko‘rsatish
sohasining
va
iqtisodiyotda
axborot
sektorining roli kuchayib borishi bilan jahon
iqtisodiy adabiyotlarida
«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»
konsepsiyasi keng tarqala boshladi.
Amerika sotsiologi
Deniel Bell (1919-
2011) hozirgi zamon ijtimoiy tizimini asosiy
harakatlantiruvchi va qayta tashkil etuvchi
kuch fan-texnika inqilobi deb hisoblaydi.
Fan-texnika inqilobi ta’sirida iqtisodiy jarayonlarda, mulkchilik
munosabatlarida, hokimiyatning tuzilishida, madaniyat, ma’naviyat va
mafkura sohasida juda katta o‘zgarishlar amalga oshiriladi. «Industrial
jamiyatdan keyingi jamiyat» tizimining o‘ziga xosligi shundan iboratki,
u, eng avvalo – xizmat ko‘rsatish jamiyati bo‘lib, aholining ko‘pchiligi
shu sohada ish bilan band bo‘ladi. Bu jamiyat yana shu bilan
ifodalanadiki, iqtisodiyot «uyg‘unlashgan xarakter» kasb etadi, uning
rivojlanish sur’ati oshadi, umumiy farovonlik, aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadlarning yuksak darajasi ta’minlandi, axborot hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Axborot umumxalq boyligi hisoblanadi, uni monopollashtirish juda
qiyin. Agar industrial jamiyatning asosiy muammosi sanoat
korporatsiyalarining ishini tashkil qilish hisoblansa, unda industrial
jamiyatdan keyingi jamiyatning asosiy xo‘jalik muammosi “axborot
iqtisodiyoti” uchun mahsulot yaratuvchi – universitetlar va ilmiy-
tadqiqot markazlari faoliyatini tashkil qilish hisoblanadi. Insonning
jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko‘ra,
uning malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Haqiqatan ham jamiyatda xizmat ko‘rsatish va axborot sohasining
yuksak darajada rivojlanishi bunday jamiyatda sifat o‘zgarishlar yuz
berganligidan dalolat beradi.