Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

sikllarni o‘lchash” 
ushbu muammoga bag‘ishlangan. U o‘z asarlarida 
axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va matematik 
uslublardan keng qo‘llandi. Mazkur uslub bozor konyunkturasi 
dinamikasini empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqot qilishga, 
kapitalistik xo‘jalikning bir qator siklli tebranish qonuniyatlarini ochib 
berishga imkon berdi. Uningcha, har bir sikl o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi, ularning asosida juda ko‘p sabablar yotadi, ular betakror 
hisoblanadi. Shuning uchun bitta universal sikllar nazariyasi bo‘lishi 
mumkin emas. 
U.Mitchell o‘z tadqiqotlariga asoslangan holda davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi yordamida inqirozsiz sikl konsepsiyasini 
asoslab berishga harakat qildi. Maxsus davlat rejalashtiruvchi 
organlarini tuzish, uning fikriga ko‘ra, siklli tebranishni yumshatish va 
qulay iqtisodiy konyunkturaga erishish vositasi bo‘lishi kerak. Bunda 
rejalashtirish majburiy emas, balki tavsiyali xarakterda bo‘lib, u real, 
erishish mumkin bo‘lgan pirovard maqsadlar ko‘zda tutilgan ilmiy 
prognozlashtirishga asoslanadi. 


289 
Jon Kommons (1862-1945) 
Jon Rodjer Kommons 
o‘zining «Institutsional iqtisodiyot» 
kitobida xo‘jalik jarayonlarga ta’sir etuvchi har xil noiqtisodiy (avvalo 
huquqiy) omillarni tadqiq qildi. U Amerika ishchilar harakatini, kasaba 
uyushmalarining va tadbirkorlar ittifoqining tashkil topish tarixini 
o‘rgandi, mehnat huquqini tahlil qildi. J.Kommons fikriga ko‘ra, 
jamiyatning huquqiy tizimi xo‘jalik hayotida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. Uningcha, bitishuv (ya’ni huquqiy akt) iqtisodiy tizimning bosh 
bo‘g‘ini hisoblanadi. Bitishuv o‘z tabiatiga ko‘ra uning ishtirokchilari 
manfaatlari ixtilofliligini, ushbu ixtilofli manfaatlarning o‘zaro 
bog‘liqliligini bildiradi. Bitishuv ishtirokchilari sifatida ko‘proq 
individlar emas, balki kasaba uyushmalari va tadbirkorlar ittifoqlari 
qatnashadilar. Jamiyat vujudga keladigan qarama-qarshiliklarni yechib 
beradigan huquqiy mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Masalan, 
yollanma ishchilar bilan tadbirkorlar 
o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
qarama-qarshiliklar kasaba uyushmalari va 
tadbirkorlarning maqsadga muvofiq o‘zaro 
ta’siri, samarali mehnat huquqi va maxsus 
hukumat hay’ati faoliyati tufayli yechilishi 
mumkin. 
J.Kommons o‘zining ijtimoiy hayotga 
bo‘lgan qarashlarini tajribada amalga 
oshirish 
maqsadida 
Amerika 
mehnat 
federatsiyasi bilan faol hamkorlikda ish 
yuritdi. 1935-yili uning ta’siri asosida 
AQSHda pensiya ta’minotiga asos solgan 
«Sotsial himoya to‘g‘risida akt» qabul 
qilindi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin