Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
marjinalizm, me’yorlilik, foydalilik
unumdorlik, narx, tahlil, buyumning subyektiv va obyektiv qiymati, 
naflilik, me’yorli foydalilik, buyum. 
NAZORAT SAVOLLAR 
1.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan 
iqtisodiy ta’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 
2.
XIX asrning 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy 
maktablarni bilasiz? 
3.
Bu davrda yangicha ilmiy tahlilni maydonga tashlagan olimlar 
kimlar? 
4.
Avstriya maktabining asoschilari kimlar? 


283 
5.
Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o‘rni haqida aytib 
bering. 
6.
K.Menger, E.Byom-Baverk va V.Fizerning asosiy asarlari 
qaysilar? 
7.
U.Jevonsning iqtisodiy bobdagi asosiy asarlarini aytib bering. 
8.
L.Valrasning iqtisodiy g‘oyasiga qanday tushunchalar asos 
qilib olingan? Miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini izohlab 
bering. 
9.
Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi? 
10.
L.Valras qonunini izohlab bering. 


284 
11-
 
MAVZU. INSTITUTSIONALIZM YO‘NALISHINING 
MOHIYATI VA AHAMIYATI 
 
(2 soat) 
11.1.
 
INSTITUTSIONALIZMNING KELIB CHIQISHI VA 
UNDAGI YANGI RAHNAMOLAR 
 
XIX
asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret- 
tarixiy sharoit ta’sirida AQSH ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng 
rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo‘lib erkin 
raqobatga asoslangan iqtisodiyotning monopolistik iqtisodiyotga o‘tishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyon bo‘la 
boshladi. Bu AQSHda ilk bor antimonopol chora- tadbirlarning ishlab 
chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo‘llanilishiga 
asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha 
rivojlangan mamlakatlar bunday chora-tadbirlardan keng foydalana 
boshladi. 
XX
asrning boshida AQSH iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda 
kuchayib borayotgan monopolistik tendensiyalarni tahlil qilgach va o‘z 
mamlakatining «antitrest» siyosatiga ta’sir ko‘rsatgach, iqtisodiyot 
ustidan ijtimoiy nazorat qilish konsepsiyasiga asos soldi. Ularning 
nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda ijtimoiy institutsional yoki 
oddiy qilib aytganda institutsionalizm deb ataluvchi yangi yo‘nalishni 
boshlab berdi. 
«Institutsionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi. 
Institut institutsionalistlar tomonidan jamiyatning rivojlanishida asosiy 
kuch sifatida ko‘riladi. Institutsionalizm tarafdorlari «institut»larga har 
xil kategoriya va tushunchalarni, masalan, davlat, oila, tadbirkorlik
monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, huquqiy 
qoidalar, din, axloq va shu kabilarni kiritadilar. 
Institutsionalizm – bu ma’lum ma’noda 
iqtisodiy nazariyadagi 
yangi klassik yo‘nalishga muqobil nazariyadir
. Agar yangi klassiklar 
A.Smitning bozor xo‘jaligi mexanizmining takomillashganligi va 
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartiblashi to‘g‘risidagi tezisiga va «sof 
iqtisodiy fan»ga amal qilsalar, 
institutsionalistlar esa moddiy omillar 
bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruhiy
ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni ham hisoblaydilar
. Boshqacha 
aytganda, institutsionalizm o‘zi tahlil qiladigan predmet sifatida 


285 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy 
muammolarni ilgari surdi. Bunda tadqiqot obyekti institutlar – birlamchi 
yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir-birlariga qarshi qo‘yilmaydi. 
Institutsionalizmga xos bo‘lgan uslubiy xususiyatlar quyida- 
gilardir
168

1)
neoklassikaga xos absraksiyaning yuqori darajasi, ayniqsa, baho 
nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 
2)
iqtisodiyot nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga 
intilish yoki fanlararo yondashuv ustunligiga ishonch; 
3)
klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga 
suyanish) etishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar 
o‘tkazishga chorlash. 
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo‘lish 
mumkin: 
1.
XX asrning 20–30-yillarida institsionazmning keng tarqalishi. 
Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857–1920), uni 
J.R.Kommons (1862–1945), U.Mitchell (1874–1948), J.Gobson (1858–
1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar. 
2.
Urushdan 
keyingi 
kechki 
institutsionalizm. 
Bu 
davr 
mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish 
bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan “yangi kurs” 
islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyanomalarini ham ilgari 
surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o‘rgandilar, ishchilar 
harakatining asosi bo‘lgan kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab 
chiqdilar. 50-yillarda J.M.Klark “Iqtisodiy institutlar va insonlar 
farovonligi”, A.Verli “Mulksiz hokimiyat” va “XX asr kapitalistik 
inqirozi” kitoblarini chop etdilar. J.Minz o‘zining maqolalarida 
aksionerlar sonining ortishi, kapital mulkini kapital funksiyasidan 
ajratish lozimligini qayd etdi. 
3.
60-70 
yillarda 
ijtimoiy-institutsional 
yo‘nalish, 
ya’ni 
neoinstitutsionalizm paydo bo‘ldi. 60-yillardagi institutsionalizm 
asoslari Amerikalik nazariyotchi A.Lou va Shvesiyalik iqtisodchi 
J.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy- 
168
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007. 225–226-б. 


286 
institutsional yo‘nalish ta’limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar 
tomonidan davom ettirilgan. 
Amerikalik 
neoinstitutsionalizm 
nazariyotchilari 
iqtisodiy 
jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o‘sishi bilan 
bog‘lamoqdalar, shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda 
jamiyat ijtimoiy institutsional yo‘nalish ichida turli oqim va maktablarni 
vujudga keltirdi. Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: 
ijtimoiy-psixologik; ijtimoiy-huquqiy; empirik yoki knyuktur-statistik 
oqimni ajratish mumkin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin