288
institutsionalitlar maktabi bilan bir xil deb qaraladi. U Veblenning ba’zi
ortodoksal iqtisodiy nazariya tanqidlarini qabul qildi va ularni to‘ldirdi,
lekin u sanoat iqtisodiyotini tushuntirib beruvchi to‘liq nazariy tizim
yaratishga harakat qilmadi. Mitchel tadqiqodchi
va olim sifatidagi
misollari va uning makroiqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va to‘plash
uchun tashkil etgan Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi uning asl
nazariya uchun qo‘shgan hissasiga nisbatan ancha muhim edi.
Mitchell fikriga ko‘ra, kishilar
faoliyatida asosiy hara-
katlantiruvchi kuch – pul hisoblanadi. Aynan moliyaviy institutlar inson
xatti-harakatining xarakterini aniqlab beradi. U
iqtisodiy
(moliya, kredit,
pul muomalasi) va
noiqtisodiy
(psixologik,
ijtimoiy, axloq, xulq, fe’l-
atvor)
omillarining o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro ta’sirini ko‘rsatib
berdi
. Madaniy va ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olgan holda
davlatning pul, kredit va moliya sohalariga
aralashuvini zarur deb
hisobladi.
Mitchellga katta shuhrat keltirgan uning iqtisodiy sikl nazariyasi
hisoblanadi.
Uning bir qator asarlari, jumladan
“Iqtisodiy sikllar”,
“Iqtisodiy sikl: muammo va uning yo‘lga qo‘yilishi”, “Iqtisodiy
Dostları ilə paylaş: