Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

b)
 
Konvergensiya konsepsiyasi 
Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim 
Yan Tinbergen 
XX 
asrning 60-yillari ilgari surgan konvergensiya konsepsiyasi ko‘pchilik 
iqtisodchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra 
kapitalizm bilan sotsializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o‘xshash 
belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib boradi
sotsializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta- sekin 
yo‘qolib boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan- 
texnikaning rivojlanishi umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida 
tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham, sotsializm ham ayni bir xil 
muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini 
qo‘llashga intiladi. 
Yan Tinbergan hozirgi paytda 
hech qayerda «sof kapitalizm» yo‘q 
deb hisoblaydi. Bu borada fikr 
yuritgan 
J.K. 
Gelbreyt 
texnika 
taraqqiyotini 
kapitalizm 
va 
sotsializmning yaqinlashuvi negizi 
sifatida ilgari suradi. U konvergensiya 
moyilligini yirik ishlab chiqarishning 
o‘sishida, jami talabning davlat 
tomonidan tartibga 
solinib turishi va hokazolarda ko‘radi. «Biz, – deb xulosa qiladi 
Gelbreyt, – go‘yo turlicha bo‘lgan ikkita industrial tizimning 
konvergensiyasi hamma eng muhim sohalarda sodir bo‘layotganligini 
ko‘rib turibmiz». 
Iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan tartibga solib turishni birinchi 
o‘ringa qo‘ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va 
keyinchalik ular o‘rtasidagi tafovut yanada ko‘proq kamayib borishi 
mumkin», – deb yozadi. 
Amerika sotsiologi P.Sorokin barcha asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 

tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din, nikoh 
va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida 
kapitalizm bilan sotsializmning yaqinlashuvini targ‘ib qiladi. Uning 
Yan Tinbergen (1903-1994) 


293 
fikricha, kapitalizm va sotsializmning o‘zaro konvergensiyasi oqibatida 
ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin