290
a)
“Yangi industrial jamiyat” kontse‘tsiyasi
Ikkinchi jahon urushidan keyin sof
institutsionalizm biroz susaydi, ammo
Jon
Kennet Gelbreyt (1908–2006)
asarlarida
bir muncha o‘zgargan shaklda qayta
tiklandi.
Uning
«Yangi
industrial
jamiyat»
nomli asosiy asari iqtisodiyotda
«texnostruktura»ning tahlili va roliga
bag‘ishlangan.
J.K. Gelbreyt fikri bo‘yicha,
hozirgi
zamon bozor iqtisodiyoti xatti-harakati
murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi
yirik korporatsiyalar bilan aniqlanadi. Zamonaviy korporatsiyalarda real
iqtisodiy hokimiyat kapital egalariga emas va hatto menejerlarga ham
emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli bo‘ladi.
Texnostruktura vakillari ishlab chiqarish to‘g‘risida o‘ziga xos
professional bilimga va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
axborotlarga ega. Albatta, rasmiy jihatdan muhim qarorlar,
qoidaga
ko‘ra, kompaniyaning yetakchi menejerlari – direktor va uning
o‘rinbosarlarining alohida huquqi hisoblanadi. Lekin barcha qarorlarni
qabul qilish deyarli 100 foiz axborotlarga bog‘liq. Axborotlar esa
texnostruktura «nazorati» ostida bo‘ladi.
Texnostrukturaning hukmronlik qilish sababini J.K. Gelbreyt
tarixiy o‘xshashlik nuqtayi nazaridan asoslab berishga harakat qiladi.
Industrial jamiyatgacha bo‘lgan davrda asosiy ishlab chiqarish omili
yer hisoblangan, negaki u ancha noyob resurs sifatida bo‘lgan. Shuning
uchun real hokimiyat yer egalariga qarashli bo‘lgan. Buyuk geografik
kashfiyotlar va sanoat to‘ntarilishi natijasida yer resurslari o‘zining
noyoblik xususiyatini yo‘qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi
omili kapital kelib chiqadi. Hokimiyat kapital egalari qo‘liga o‘tadi.
Zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – axborot, fan-texnika bilimi.
Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo‘lida.
T.Veblen o‘z
nazariyasida, texnokratiya jamiyatda oldingi
qatorlarda bo‘lishi kerak deb aytgan bo‘lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga
oshirildi deb tasdiqlaydi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim
hodisalarini J.K. Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining
Jon Kennet Gelbreyt (1908–2006
)
291
to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita natijasi deb tushuntiradi. Texnika va
texnologiya, uning fikriga ko‘ra, hozirgi zamon kapitalizmi uchun
xarakterli bo‘lgan yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan
eng
muhimi
rejalashtirishdir.
Korporatsiyalarni
boshqaruvchi
texnostruktura ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga
rejalashtiradi. Rejalashtirish va bitimlar tizimi (xomashyo,
asbob
uskunalar, ilmiy va konstruktorlik ishlamalarni yetkazib berish
bo‘yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, raqobatni esa bartaraf etadi.
Chunki reja raqobat bilan unchalik «chiqisha olmaydi». Shuning uchun
hozirgi
zamon
iqtisodiyotida
muttasil
va
har
tomonlama
korporatsiyalararo shartnomalar tuziladiki, ular bozorning boshqarilib
turilishini, barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Stixiyali bozor va erkin
raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi,
zamonaviy rivojlangan
mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli rejalashtirish asosida
texnostruktura bilan boshqarilib turiladi.
J.K. Gelbreyt o‘zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan
tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bozor tizimini»
ekspluatatsiya qilishda (mayda va o‘rta biznesni), davlat amaldorlari
bilan qo‘shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda,
tabiiy
resurslardan
foydalanishdagi
isrofgarchilikda,
bozorga
ta’sir
ko‘rsatishning monopolistik uslublarini qo‘llashda aybladi. Yirik
korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog‘langan va undan naf
ko‘radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat
kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va
jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib turilishini
qayd qilib o‘tadi.
U, shuningdek, mayda va o‘rta
tadbirkorlikni va ijtimoiy
texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy
xizmatni, qishloq xo‘jaligini, san’atni) davlatning qo‘llab- quvvatlashini
talab qilib chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita
tartiblash, uning fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho
va daromadlarga bo‘lgan ishonchini uyg‘otadi. Bu ishlab chiqarish va
xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning
aralashuvi,
eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko‘radigan inflyatsiyani
to‘xtatish uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli
kasaba uyushmalarining o‘zaro ta’sir
292
ko‘rsatish jarayoniga aralashuvi va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi
darajasini bevosita nazorat qilib turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: