281
uning ustozi bo‘lgan. AQSHga qaytgach, o‘qituvchilik qildi. T.Veblen
uning qo‘lida ta’lim olgan. Klark Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining
tashkilotchisi edi va 1893–1895-yillarda uning uchinchi prezidenti
bo‘lgan.
“Boylik falsafasi” (1889) va “Boylik taqsimoti” (1899) nomli asosiy
asarlarida (ayniqsa, 2-sida) iqtisodiyot fanining uch tabiy bo‘limlari,
“Ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi to‘g‘risidagi
qonun” masalalari yoritilgan. Klarkning yozishicha, iqtisodiyot fanida
barcha daromadlarini turli shakldagi daromadlarga ajratish muhim (ish
haqi, foiz, foyda), bular, o‘z mos ravishda “ish bajarilganligi uchun”,
“kapitalni berib turgani uchun” va “ish haqi va foizni koordinatsiya
qilgani uchun” olinadi.
“Ijtimoiy daromadlarni taqsimlash” ijtimoiy
qonun orqali tartibga
solinadi, bu qonun “eng mukammal erkin raqobat” sharoitida har bir
ishlab chiqarish omili u hosil qilgan daromad summasi bilan ta’minlashi
lozim. Albatta, bu daromad miqdoriy jihatdan inson farovonligini
ta’minlashdagi manbalarning cheklanganligi bilan ham xarakterlanadi.
“Har bir ishlab chiqarish omili” ijtimoiy mahsulotda bevosita o‘zi ishlab
chiqarishga qo‘shgan hissasiga bog‘liq.
Klark iqtisodiyotni statika va dinamika qismlariga bo‘ladi
(mexanika fani kabi). Avvalgi tadqiqotlarda statika qo‘llanilgan bo‘lsa,
endilikda tabiiy-dinamik usul taklif etildi. U iqtisodiyot fanini uch qism
(bo‘lim)ga bo‘ladi: 1) daromadning universal hodisalari;
2)
ijtimoiy-iqtisodiy statika (daromad sarfi to‘g‘risida gap yuritiladi);
3)
ijtimoiy-iqtisodiy dinamika (agar jamiyat faoliyat shakli va usulini
o‘zgartiradigan bo‘lsa, bu sharoitda daromad va
jamiyatning farovonligi
haqida fikr yuritiladi).
Klark fikricha, statik holatda ijtimoiy ishlab chiqarishga
operatsiyalarning o‘zgarmas xarakteri xosdir, bunda doimiy texnologik
jarayonlar kechib, birga yaxshi ma’lum daromadlar yaratilaveradi,
daromad hajmi bunda o‘smaydi va kamaymaydi ham. Yer ham bir xil
mehnat qurollari yordamida ishlanadi,
bir hil xosil olinadi, boshqacha
aytganda, ishlab chiqarish o‘z shaklini o‘zgartirmaydi. Demak, bu
holatda harakat yopiq tizimda boradi, iqtisodiyot barqaror va
muvozanatli bo‘ladi. Klarkning yozishicha, “iqtisodiy dinamikada”
aholining normal daromadidan ko‘proq bo‘ladi
va ish haqining tabiiy
darajasi ancha baland bo‘ladi. U iqtisodiyotni dinamik shart-
282
sharoitlarni barqarorlashtirishga qaratilgan holatlarni keltiriladi, bu:
1)
aholining o‘sishi; 2) kapitalning o‘sishi; 3) ishlab chiqarish
metodlarining yaxshilanishi; 4) sanoat
korxonalari shaklining
o‘zgarishi; 5) nisbatan past unumli korxonalar o‘rniga nisbatan yuqori
unumli korxonalarning yashovchanligi va boshqalar. Xatto har bir omil
o‘zicha jamiyatni dinamik holatda saqlashi va ijtimoiy tarkibga ta’sir
etish qudratiga ega bo‘lar ekan.
Klarkning
yuqoridagi
metodologik
g‘oyalari
keynchalik
N.Kondratev (Rossiya), Y.Shumpeter va boshqa olimlar tomonidan
to‘ldirilgan.
Klark tadqiqotida “eng yuqori unumdorlik qonuni” muhimdir. Bu
qonun erkin raqobat sharoitida, iqtisodiy muvozanatli holatda amal
qiladi. Ishlab chiqarish omillari eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan
sharoitda unumdorlikning pasayib borishi masalasi marjinal tamoyilga
asoslangan deydi. Kapital bilan ta’minlanganlik o‘zgarmas deb olingan
taqdirda, mehnatning unumdorligi har bir yangi ishga jalb
etilgan xodim
bilan pasayib boradi va aksincha. Xodimlar soni o‘zgarmas bo‘lgan
holatda mehnatning eng yuqori unumdorligi faqat kapital bilan
ta’minlanganlikda o‘sishi mumkin bo‘ladi.
Qimmatni taqsimlanishidagi hissalar oxirgi unumdorlikka bog‘liq
bo‘ladi, ya’ni foiz kapitalning so‘nggi o‘sishidan hosil bo‘lgan mahsulot
bilan aniqlanadi, ish haqi esa mehnatning oxirgi ish haqining oshishidan
hosil bo‘lgan daromad bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: