278
talab elastikasi (TE) baho muayyan darajada pasayganda, talab qanday
miqdorda o‘sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday
miqdorda pasayishini ifodalaydi. TE=1 bo‘ladi, agar baho 1 % ga
pasayganda sotish 1 % ga oshsa; TE=2,5 bo‘ladi, agar bahoning 1 % ga
pasayishi sotishni 2,5 % oshirsa va hokazo.
Agar talab egri chizig‘ining muayyan bir uchastkasida TE=1 bo‘lsa,
unda ushbu uchastkada bahoning hech qanaqa o‘zgarishi mazkur
tovarni sotishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar shu
uchastkada TE<1 bo‘lsa,
unda sotish miqdorining ancha kamayib ketishdan qo‘rqmasdan bahoni
pasaytirish mumkin, agar TE>1 bo‘lsa, unda bahoning bir oz pasayishi
sotish miqdorini ancha ko‘paytirishi mumkin. Boshqacha aytganda,
talab noelastik bo‘lganda foyda bahoning o‘sishi hisobiga ko‘payishi
mumkin, talab elastikasi paytida esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani
oshirish mumkin.
Talabning elastikligi iste’moldagi tovarlarning
bir-birlarining
o‘rnini osongina bosa olishiga bog‘liq. Shuning uchun ommaviy
iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab kam elastik bo‘ladi.
Ammo bu bilan talab va taklif qonuni tahlili tugashi mumkin emas,
negaki talab va taklifga vaqt tushunchasi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va
shu bois uni tahlil qilish taqozo etiladi. Tekshirilayotgan
davr qancha
qisqa bo‘lsa, talabning qiymatga bo‘lgan ta’siri shuncha kuchli bo‘ladi,
bu davr qancha uzoq bo‘lsa, ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatga
bo‘lgan ta’siri shuncha kuchayib boradi.
Shu sababli A.Marshall
1>
Dostları ilə paylaş: