271
Vilfredo Paretto (1848–1923)
Valras g‘oyalarini
italiyalik iqtisodchi
Vilfredo Paretto
(1848-
1923) tomonidan rivojlantirildi. Uning asosiy asarlari “Siyosiy iqtisod
yo‘nalishi” (1896–1897) va “Siyosiy iqtisod darsligi” (1900)
hisoblanadi. Logik-tajriba usuli uning asosiy g‘oyasini tashkil qildi.
Valrasning nazariyalaridagi “qimmatlilik” mohiyatini Paretto “afzallik”
tushunchasi bilan almashtirdi. Uningcha ba’zi tovarlarning emas, balki
ularning yig‘indisining afzalligini solishtirish lozim. Bu g‘oya
keyinchalik Frensis Isidro Edjuor (1845–1926)
tomonidan befarqlilik
egri chizig‘ini ilgari surilishiga sabab bo‘ldi. Paretto fikricha,
iste’molchi uchun iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan ikki befarq buyum
mavjuddir, ularning iste’moli iste’molchi uchun ehtiyojini qondirishiga
olib kelsa bas. Zamonaviy iste’molchi xatti-harakati nazariyasi ham
aynan Parettoning mazkur g‘oyasiga asoslanadi.
Parettoning optimallik tamoyili Parettoga (“Paretto bo‘yicha
optimallik”, “Paretto – samaradorligi” g‘oyalari)
mashhurlikni olib
keldi. Unga ko‘ra, iqtisodning shunday
optimal holat mavjudki,
bunda bir tarafda
turgan iqtisodiy subyektlarning farovonligi
ikkinchi
tarafda
turgan
iqtisodiy
subyektlarning
hisobiga
yaxshilanishi
mumkin.
Iste’molchi
uchun
bu
iste’molchilik
buyumlaridan
oladigan
foydaliligining maksimal holati, korxonalar
uchun esa qilingan xarajat va daromad
orasidagi farqdan
maksimal olishi mumkin
bo‘lgan foydadir.
Paretto modellari abstrakt, chunki undagi vaziyatlar prognoz
ko‘rinishidagi aniq ma’lumotni
chiqarmaydi, ammo iqtisodiy tahlil
asosida tadqiq qilinadi. Hozirgi kunda Paretto yutuqlaridan biri bo‘lgan
logik tajriba usuli amaliy iqtisodiy nazariyada ishlatiladi
164
.
164
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008.
146–147-стр