Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

10.4.
 
MARJINALIZMNING ANGLO-AMERIKA MAKTABI 
 
1862-yil marjinalizmning ilk g‘oyalari bilan angliyalik 
Uilyam 
Stenli Jevons 
(1835–1882) chiqdi. Jevons “Siyosiy iqtisod nazariyasi” 
(1871) va “Fan tamoyillari – logika va ilmiy uslub qoidalari” (1874) 
nomli asarlarini yozgan. U iste’mol nazariyasini ishlab chiqish lozimligii 
aytgan birinchi shaxsdir. Jevons o‘z uslubida diqqat e’tiborni inviduallik 
va subyektivlik, insonning ehtiyojlari va xohishlariga qaratdi. Inson 
xulq-atvori haqidagi fikrlarni insonning huzr-halovati va lazzatlanishga 
intilishi bilan bog‘ladi. Insonning lazzatlanishni his qilishi bu minimum 
harajaat 
evaziga 
yuqori 
foydalilikka 
erishishidir, 
demak, u 
iqtisodiyotning predmeti bo‘lib chiqishi mumkin degan. 
Jevons angliyalik iqtisodchilaridan 
birinchi 
bo‘lib 
subyektiv 
(foydali) 
qimmatlik nazariyasini yaratdi. Tovar 
qimmati inson undan olishi mumkin 
bo‘lgan lazzatidan kelib chiqadi deb 
hisobladi. U foydalililikning funksional 
bog‘liqlik orqali tadqiq etib, uni inson 
iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan hajm bilan 
bog‘ladi. Iste’mol hajmi o‘sishi bilan uning 
foydalilik darajasi kamayishini ta’kidladi. 
Jevons iste’molchining nafliligini maksimallashtirishda: iste’mol 
faqat bir shaxs tomonidan amalga oshganda yoki ikki shaxs o‘rtasida 
kechayotganda ularning manfaatiga mos kelishi kerak deb hisoblagan. U 
iste’molchilar ularning mazkur tovardan oladigan nafliligi va narx 
o‘rtasida muvozanat bo‘lgan holdagina amalga oshadi degan. 
Jevons mehnatni qiymat manbayi ekanligini rad etdi, ammo qiymat 
shakllanishida uni rolini inkor etmadi. Uningcha har qanday iqtisodiy 
resursning tovardagi xissasini aniqlash qiyin, lekin ishlab chiqarish 
omillari har qanday mahsulot yaratilishida qatnashishi shartli holat deb 
hisoblagan. Mehnat uchun to‘lanadigan haq renta, soliq va kapital uchun 
foiz to‘lagandan so‘ng qoladigan pul hajmini tashkil etadi degan
165

165
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008. 
147–148-стр 
Uilyam Stenli Jevons (1835–1882) 


273 
Marjinalistlar, davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik qoidalari 
orqali iqtisodiy fanda yangi klassik yo‘nalishning boshlanishiga asos 
soldilar. Bu yangi klassik yo‘nalishdir. Yangi klassiklarning 
tasdiqlashicha, bozor mexanizmi xo‘jalik jarayonlarini o‘zi tartiblashga, 
ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasida muvozanat o‘rnatishga qodir, erkin 
bozorning o‘zaro ta’siri asosida shakllanadigan munosabatlarga 
davlatning aralashuvi esa, muvozanatning buzilishiga, iqtisodiy 
samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 
yangi klassik yo‘nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor 
imkoniyatlaridan to‘la foydalanish uchun kurashdilar. A.Smit 
an‘analarini davom ettirgan holda, yangi klassiklar universal iqtisodiy 
qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. Ular marjinalizm 
metodologiyasiga suyangan holda, iqtisodiy fanning asosiy bo‘limlarini 
o‘z ichiga oluvchi bir butun nazariy tizim yaratdilar. Xususan, firma 
daromadlarni taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha 
takomillashtirildi, iste’mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun) 
muvozanat nazariyalari yaratildi. 
O‘sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning atoqli 
vakillaridan 
biri, 
Kembrij 
maktabining 
rahnamosi 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin