274
tovar qiymati muammosiga bo‘lgan ikki xil yondashuv mavjud bo‘lgan:
qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va
noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi yondashuvga muvofiq, boylikning
o‘sishi yo resurslar (mehnat, kapital va yer)ning
unumdorligi natijasi
yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida daromadlarni
ko‘paytirish maqsadida bugungi ne’matlardan voz kechishi oqibatidir.
Ikkinchi yondashuvga (me’yorli foydalilik nazariyasi) ko‘ra, qiymatning
asosida bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga
berilgan subyektiv baho yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari
o‘rtasidagi bahslar ko‘pincha
abstrakt, behuda, samarasiz bo‘lgan.
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, A.Marshall bu
bahslarga nuqta qo‘ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini
yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi bo‘yicha ba’zi kitoblarda esa, hatto
fandagi
«marshall inqilobi»
to‘g‘risida ham gap yuritiladi).
Uning
xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o‘zaro ta’sir
ko‘rsatish qonuniyatlarini o‘rganishni tahlil qilishga o‘tishning
zarurligini asoslab berdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, A.Marshall
qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki
bozor muvozanati
nazariyasi)ga turlantirdi.
A.Marshall marjinalistlar yutug‘iga yuqori baho bergan holda,
ularning klassik maktabni va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir
tomonlama tanqid qilganini ko‘rsatib o‘tdi. Marjinalistlar qiymatni
ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘lab tushuntirishni rad etgach, tovar
qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil etadi deb, mazkur
muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat me’yorli
foydalilik bilan tushuntirdilar). A.Marshall me’yorli foydalilik
nazariyasini talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish xarajatlari
nazariyasi bilan birlashtirdi. A.Marshallning
tasdiqlashicha, ishlab
chiqarish xarajatlari tamoyillari va me’yorli foydalilik – talab va taklif
qonunnining tarkibiy qismlaridir. Ularning har qaysisini
«qaychining tig‘laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig‘
qo‘zg‘almas bo‘lib va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga
oshirilayotgan bo‘lsa, biz beparvolik bilan lo‘nda qilib,
ikkinchisi
qirqayapti deb aytishimiz mumkin…». Marjinalistlarning xatosi talab va
taklif simmetriyasiga yetarlicha baho bermaslikdan iborat, yutug‘i
275
esa ulargacha chetda qolib ketgan talab muammosiga e’tiborni
qaratganligidadir.
O‘z mohiyatiga ko‘ra, A.Marshall bo‘yicha, real qiymat – bu talab
va taklif ta’sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham,
taklif ham teng huquqli omil sifatida qatnashadi. A.Marshall taklifni
(klassik nazariya), yoki talabni (me’yorli foydalilik nazariyasi) hal
qiluvchi omil sifatida ko‘rsatishga bo‘lgan klassiklar va marjinalistlar
urinishlarning har ikkalasi noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib berdi. Shu
asosida A.Marshall oldingi qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va
konsepsiyalarni olib bir butun tamoyilga birlashtirdi. Masalan,
sarfli
qiymat nazariyasi bozor taklifining shakllanish qonuniyatlarini
tushuntirib berish uchun foydalanildi, me’yorli foydalilik nazariyasi esa
bozor talabining shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun
ishlatildi. A.Marshall tovar qiymati (bahosi)ni aniqlashda me’yorli
foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. A.Marshall
bo‘yicha, tovar qiymati (bahosi) ikki omil: foydalilik va ishlab chiqarish
xarajatlari bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: