Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Talab va taklif muvozanati va vaqt omili



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Talab va taklif muvozanati va vaqt omili. 
A. Marshall talab va 
taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida 
e’tiborni qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko‘zda tutilgan 
tovar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, unga qo‘yiladigan baho shuncha past 
bo‘lishi kerakki, u o‘z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab 
qilinadigan tovarlar miqdori ko‘payadi, baho oshganda esa – kamayadi. 
Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o‘rtasida qat’iy 
o‘rnatilgan nisbat bo‘lmaydi». 
O‘z mohiyatiga ko‘ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi 
qonuniga asoslangan holda, foydalilik funksiyasidan talab egri chizig‘ini 
keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko‘rinishda 
aks ettiriladi: 
MUx/Px=MUy/Py=…MUe, 
Bunda, MUx – x tovarning me’yorli foydaliligi, Rx – o‘sha 
tovarning bahosi, MUe – pulning me’yorli foydaliligi. Bu qonunni uch 
xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste’molchi o‘z ehtiyojini 
qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan barcha 
tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste’mol 
qilinadigan har bir juft tovarning me’yorli foydaliliklari nisbatini va 


276 
baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan 
har bir tovarni pul qiymatining me’yoriy foydaliligini tenglashtirsa. 
Iste’molchi muvozanatga erishdi, Rx bahosi esa pasaymoqda, deb 
faraz qilaylik. Unda MUx>PxMUe va muvozanatni qaytadan tiklash 
uchun, MUx miqdorini kamaytirish maqsadida x tovarni ko‘proq sotib 
olish kerak bo‘ladi. Haqiqatan ham, tovarning bahosi pasaysa, 
iste’molchi uni sotib olishni ko‘paytiradi, negaki bunday tovarning 
bahosi pasayganda iste’molchi bir so‘mga har qanday boshqa tovarga 
qaraganda ushbu x tovardan ko‘proq foydalilik oladi. X tovarning xaridi 
ko‘paygan sari me’yorli foydalilikning pasayishi MUx pasayishini 
kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o‘zining cheklangan daromadlari va 
joriy narx doirasida o‘z ehtiyojini doimo maksimal darajada qondirishga 
intilgan sharoitda talab egri chizig‘ining teskari nishabligi kelib chiqadi. 
Bu dalil – isbotlar shu narsani ko‘zda tutadiki, x tovarning narxi 
pasayishi natijasida individning daromadi ko‘paymaydi, buning 
natijasida MUxning miqdori uyg‘unlashish jarayoni davomida 
doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o‘zining barcha xarajatlarining 
me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi 
oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag‘larining me’yorli foydaliligini 
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham 
xaridining ko‘payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy 
hisoblanadi va biz x ga teskari nishabli talab egri chizig‘iga va 
daromadga bog‘liq bo‘lgan ijobiy talabga ega bo‘lamiz. 
Bundan tashqari, bu yerda foydalilik funksiyalarining additivligi
166
taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi 
boshqa tovarlarning foydaliligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Haqiqatda esa 
ularning o‘rtasida bog‘liqlik amal qilishi mumkin, bunday bog‘liqlik 
natijasida U – miqdori ko‘payganda MUx ko‘payadi yoki kamayadi. 
Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi. 
166
Addiktivlik (lat), obyektning miqdor xossasi: uni qanday bo

lishidan qat’iy nazar, bir necha bo

lakka 
bo

lganda, shu bo

laklar yig

indisiga teng bo

ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo

laklari hajmi 
yig

indisiga teng. 


277 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin