268
Oygen fon Byom-Baverk
(1851-1914)
tovarni yarata oladi deb hisoblagan.
Xuddi Mengerga o‘xshab Vizer ishlab chiqarish omillarini bir-birini
to‘ldiruvchi deb hisoblaydi. Ular ichida asosiysi ishchi kuchi deb bilib,
qolganlari
uni
to‘ldiruvchilari deb hisobladi, lekin daromad
taqsimlanishida har bir omilning hissasini aniqlash lozim deb hisobladi.
U ishlab chiqarishda har bir omilning qimmatligini
aniqlash lozim deb
aytdi. Har bir omilning hissasini hisoblash, ishlab chiqarishda undan
foydalanishning turli variantlarini qo‘llash lozimligini ta’kidladi.
Menger shogirdi
Oygen fon Byom-Baverk
(1851–1914) hisoblanadi.
U ham marjinalizmga o‘z xissasini qo‘shgan. Uning “Xo‘jalik
buyumlarining qimmatliligi nazariyasi asoslari” (1886) va “Kapital va
foiz” (1884–1889) asarlari
mashhurdir.
Uning
nazariyalari
ichida
qimmatlilik tamoyili va foizning psixologik
nazariyasi jamiyatda o‘z o‘rniga ega.
Byom-Baverk
o‘zining
qimmatlilik
tamoyili
orqali
buyumning
qimmati,
foydaliligi
va noyobliligini tahlil qilib,
“me’yoriy foydalilik” (ma’lum hajmdagi
buyumlarning
me’yoriy
foydaliligi)ni
aniqlagan. Bu o‘rinda qimmatlikni u hajm
nuqtayi nazaridan qaragan. Zaxira qimmatini
hisobga olib, olim uning turli me’yoriy naflilik
holatini tahlil qila olgan. Mengerga qaraganda
Byom Baverk obyektiv va subyektiv naflilikni ajrata olgan.
Uningcha
obyektiv naflilik – bu inson farovonligiga xizmat qiladi hamda bozorda
shakllanadi (boshqacha aytganda, talab va taklif asosida shakllangan
narxdir). Subyektiv naflilik esa – bu ma’lum bir shaxs uchun buyumning
zarurlilik holatidir. Byom Baverk subyektiv
naflilik asosida bozor
munosabatlari sharoitida narxlar shakllanishi va ularni vaqt bilan
bog‘liqligini ko‘rsata olgan.
Foizning psixologik nazariyasi Byom Baverkda kapital to‘g‘risida
tushuncha bilan bog‘liq. U foizni kapital sarmoyasi deb bilmagan, balki
kapitalni ishchi kuchi va yer omillari bilan barobar ishlab chiqarishning
mustaqil omili deb tushungan. Lekin mahsulot ishlab
chiqarishda kapitalni
asosiy hissasi borligini tushuntirib o‘tgan. Yer va ishchi kuchi ishlab
chiqarishning birlamchi omillari bo‘lsa, kapital yer va ishchi kuchi
o‘rtasidagi oraliq mahsulot deb bilgan. Foizni mavjud bo‘lishi vaqt bilan
269
Leon Valras (1834-1910)
bog‘liq, u insonlarning o‘z buyum va daromadlarini ko‘paytirishi mumkin
bo‘lgan psixologik qarash natijasi deb bildi. Shu sababli kreditor tomonidan
bugun olishi mumkin bo‘lgan manfaatdan voz kechishi,
kelajakda foiz
ko‘rinishida bo‘lishi lozim deb bildi. Oxirgi natijaviy mahsulot unga
sarflangan kapitalga (ya’ni yer va ishchi kuchi omili egalari olishi mumkin
bo‘lgan daromaddan), ya’ni kapital egasiga foiz ko‘rinishida qaytib kelishi
lozim deb bildi
162
.
Dostları ilə paylaş: