267
bo‘lsa, suvning yana bir birligini iste’mol qilish 2 birlik me’yoriy naflilik
beradi, olmosning 1-birligini iste’mol qilish esa 3 birlik me’yoriy naflilik
berishi mumkin. Suvning umumiy nafliligi me’yoriy nafliliklar yig‘indisi
bo‘lgani uchun olmosning umumiy nafliligidan ko‘proqdir, ammo
olmosning 1-birligining (me’yoriy) qiymati suvning 8-birligining
qiymatidan ko‘ra ko‘proqdir.
Aytish mumkinki, yuqoridagi jadval Gossenning ikkala
qonunini ham
aks ettira olgan. Menger bir buyumning turli
ehtiyojlarni qondira olish
holatini ham ko‘ra olgan.
Bunday holatda,
bir buyum turli individlar
(insonlar) tomonidan bildirilgan
ehtiyojlarni ham birlamchi, ham
ikkilamchi qondiriluvchi buyum sifatida chiqishi mumkin.
Ayir
boshlash holatini tahlil qilib,
Menger ikkala tomon uchun
foydalilik darajasi bir xillashganda muvozanatga erishiladi degan. Demak,
tovar bu o‘rinda ikki tomon uchun qimmatligi tenglashadi.
Menger ishlab chiqarish omillarini
oxirgi mahsulotni olishdagi
nafliligini aniqladi. Uningcha, ishlab chiqarish natijasi xarajatlarga bog‘liq
emas, aksincha unga sarflangan
omillar nafliligiga bog
‘liqdir. Ishlab
chiqarishda sarflanadigan barcha omillar bir-birini to‘ldiruvchidir, birining
yo‘q bo‘lishi qolgan omillarining o‘rnini ham yo‘qqa chiqaradi degan.
Dostları ilə paylaş: