266
aks etdi: birinchisi iqtisodiy mahsulotlar – bu ehtiyojlarning yuqoriligi
bilan o‘z qimmatiga ega noyob mahsulotlardir, noiqtisodiy mahsulotlar –
keng tarqalgan va shu sababli ularning inson uchun qimmati past
buyumlardir. Ular o‘rtasidagi chegara egiluvchan:
biror bir buyumning
kamayishi yoki ko‘payishi bir kategoriyadan ikkinchi kategoriyaga
o‘tishga sabab bo‘ladi. Menger shuningdek mahsulotlarni ketma – ketligini
ham ajratgan: birinchi tartibdagi mahsulotlar – bu natijaviy mahsulotlar,
ikkinchi tartibdagi mahsulotlar bu birinchisini ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan mahsulotlardir (hozirgi til bilan aytganda aylanma vositalardir).
Menger aytadiki, ishlab chiqarishni kengayishi va murakkablashishi
oqibatida lag (ya’ni ishlab chiqarish vaqti) bosqichlari ko‘payadi, bu
natijaviy mahsulotni ishlab chiqarish vaqtni uzaytiradi
161
.
Menger tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi jadval orqali uni fikrini
to‘liq tushuntirish mumkin.
Rim raqamlari tovarlarning muhimligiga
qarab darajalarga
ajratilishini bildiradi. Raqam qancha katta bo‘lsa, tovarlar muhimligi
darajasi shuncha kam bo‘ladi. Shu tufayli suv 1-darajali, transport esa 5-
darajali bo‘lishi mumkin. Kamayib boruvchi arab raqamlari esa tovarlarni
qancha ko‘p iste’mol qilgan sari shunchalik me’yoriy nafliligining
kamayishini ko‘rsatadi. Birinchi darajali tovarning
birinchi birligining
me’yoriy nafliligi 10 ga teng, ammo keyingi iste’mol qilingan birliklar
uchun me’yoriy naflilik kamayib boradi.
Dostları ilə paylaş: