Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
institutsionalizm, bekorchi sinf
texnokratlar, yangi industrial jamiyat, konvergensiya konsepsiyasi, xalq 
kapitalizmi, industrial jamiyatdan keyingi jamiyat, iqtisodiy o‘sish. 
NAZORAT SAVOLLAR 
1.
Institutsionalizmning kelib chiqishini ta‘riflang. 
2.
Institutsionalizmning yangi rahnamolari kimlar? 
3.
“Bekorchi sinf” deganda T.Veblen kimlarni inobatga olgan? 
4.
Kasaba uyushmalari shakllanishida institutsionalizmning roli 
qanday bo‘ldi? 
5.
Urushdan keyingi institutsionalizmda qanday o‘zgarishlar yuz 
berdi? 
6.
“Yangi industrial jamiyat” konseptsiyasi nimada? 
7.
Konvergensiya konseptsiyasi deganda nima tushunasiz? 
8.
Xalq kapitalizmi hozirgi ko‘rinishlari qaysilar? 
9.
Industrial jamiyatdan keyingi jamiyatning qanday xususiyatlari 
mavjud? 
10.
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyot kategoriyalarida qaysi bosqich 
ahamiyatli? 


297 
12-
 
MAVZU. DJON MEYNARD KEYNS 
TA’LIMOTI VA EOKEYNSCHILIK 
(2 soat) 
12.1.
 
KEYNS MAKROIQTISODIYOTI 
 
Djon Meynard Keyns 
(1883– 
1946) 
hozirgi 
zamonning 
buyuk 
iqtisodchi olimi. Uning dunyoqarashi 
o‘zi 
oldin 
bilim 
olgan, 
keyin 
o‘qituvchilik qilgan 
Kembrij 
universitetida shakllandi. U bu yerda 
ikkinchi bir atoqli olim – Kembrij 
iqtisodiy 
maktabining 
asoschisi 
A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo 
uning izidan bormadi, o‘ziga xos 
yo‘nalishda nazariya yaratdi. 
Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul 
muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni 
tartiblanadigan valuta bilan almashtirish g‘oyasini ilgari surdi. Bunday 
tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir 
ko‘rsatish dastagiga ega bo‘lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini 
mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo‘lgan. U shunday yozadi: 
«Ulyanov Lenin kapitalistik tizimni yo‘qotishning eng yaxshi usuli – bu 
inflyatsiya 
vositasida 
uning 
valutasini 
obro‘sizlantirish 
va 
kuchsizlantirish deb tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo‘lgan. Amal 
qilib turgan jamiyatni to‘ntarishning bundan nozik va to‘g‘ri usul yo‘q». 
Ingliz iqtisodchisi inflyatsiya keltirib chiqaradigan «inflyatsiya 
solig‘i» (pul qadrsizlanganda uning egasi o‘z jamg‘armasi qiymatining 
bir qismini yo‘qotadi) va uning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib berdi. 
Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa, 
uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanish, oddiy qilib 
aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o‘zining sotib olish 
qobiliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun chayqovchilik faol tadbirkorlik 
faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o‘rtasidagi farq 
hisobiga foydani ko‘paytirishga imkon beradi. 
J.M. Keyns (1883–1946) 


298 
J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. 
Ular «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning 
tugatilishi» (1926), «Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning 
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy 
asari 1936-yili chop etildi. 
J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat 
bilan ham shug‘ullandi. U yirik sug‘urta kompaniyasining raisi, 
investitsiya kompaniyasining boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal» 
muharriri, davlat amaldori, moliya vazirligining iqtisod bo‘yicha 
maslahatchisi lavozimlarida ishladi. 
Buyuk turg‘unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy 
inqiroz va ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug‘ullana 
boshladi. 1929-yili u ishsizlik muammolari bo‘yicha iqtisodiy kengash 
raisi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1940) u Britaniya 
xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941-yili u AQSH hukumati 
bilan lend-liz kelishuvi bo‘yicha materiallarni va boshqa moliyaviy 
hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga 
kiritildi. 1942-yilda Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. 
J.M.Keyns 1944-yilda Xalqaro valuta fondi va Xalqaro tiklanish va 
rivojlanish bankini tashkil etish rejasini ishlab chiqqan Bretton-Vuds 
valuta konferensiyasiga o‘z mamlakatining bosh vakili qilib tasdiqlandi. 
Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv 
a’zolaridan biri etib tayinlandi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin