Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

12.5.
 
MULTIPLIKATOR 
 
J.M. 
Keyns 
investitsiyalarning 
ko‘payishi bilan milliy 
daromadning ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Uning 
ko‘rsatib berishicha, investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning 
o‘sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: 
K = 

Y / 

I, 
bu yerda, K – multiplikator, 

Y – milliy daromadning o‘sishi, 

I – investitsiyalarning o‘sishi. 
Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad 
va aholining ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy 
samara sifatida ko‘riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy 
adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi. Multiplikator – bu 
son koeffitsiyenti bo‘lib, daromad o‘sishi bilan, ushbu o‘sishni yuzaga 
keltirgan investitsiyalar o‘simi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. 
Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R. Kan 1931-
yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multiplikatori» 
investitsiyalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarda ish bilan 
bandlikning ko‘payishi o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. 
J.M. Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariyasiga ko‘ra, 
«qachonki 
investitsiyalarning 
umumiy 
summasi 
o‘ssa, unda 
daromadlarning ko‘payishi investitsiyalar o‘simidan K marta ortiq 
bo‘ladi». J.M. Keynsning ta’kidlashicha, bunday holatning sababi 
«psixologik qonundan» kelib chiqadi, unga ko‘ra «real daromadning 
o‘sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini 
iste’mol qilishni xohlaydi». 
Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, 
investitsiyalarning ko‘payishi daromadning ortishiga olib kelishini 


309 
ko‘rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‘armani chiqarib tashlagandan 
keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning 
multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‘xtamaguncha shunday davom etib 
boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, kishilarning 
jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi qancha ko‘p (shunga muvofiq MRS 
miqdori kam) bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. 
To‘la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki 
bo‘sh turgan resurslarning bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishini 
ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‘paymagan 
holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi. 
Multiplikatsiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o‘sishida 
ifodalanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin