Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Ishsizlik deganda nima tushunasiz? Inflyatsiya, inqiroz deganda- 
2.
Pol Samuelsonning g‘oyalari qaysi kitobda aks etdi? 
3.
Neoklassik sintez konsepsiyasi nimani anglatadi? 
4.
Keynschilik va monetarizm nazariyalari qorishmasi iqtisodga 
nimani beradi? 
5.
Zamonaviy institutsionalizmning qanday xususiyatlarini bilasiz? 
6.
Elvin Tofler g‘oyalarida institutsionalizm qanday aks etdi? 
7.
Superindustrializm nima? 
8.
Fransua Perru qanday iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini 
ta’riflagan? 
9.
Samuelson iqtisodiy tafakkur tarixida asosiy g‘oya nima bo‘ldi? 
10.Iqtisodiy taraqqiyotning qanday to‘rt g‘ildiragi mavjud? 


360 
15-
 
MAVZU. IQTISODIYOT BO‘YICHA NOBEL 
MUKOFOTI LAURIATLARINING G‘OYALARI 
 
(2 soat) 
15.1.
 
IQTISODIYOT BO‘YICHA NOBEL MUKOFOTINING 
TA’SIS ETILISHI 
 
Nobel mukofoti (Nobel Prize) – mashhur ilmiy tadqiqotlar yoki 
madaniyat va jamiyat rivojlanishiga qo‘shgan yirik hissasi uchun har yili 
beriladigan eng obro‘li xalqaro mukofotlardan biridir. Mukofot Alfred 
Nobelning 1895-yildagi vasiyatnomasiga muvofiq ta’sis etilgan hamda 
fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot sohasida, shuningdek
butun jahonda tinchlik o‘rnatish borasida «yil davomida insoniyatga eng 
katta foyda keltirishga muvaffaq bo‘lgan shaxslarni har yili pul 
mukofoti bilan taqdirlash uchun» mablag‘ ajratilishini nazarda tutadi. 
1969-yilda Shvetsiya banki tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida eng 
obro‘li mukofot – «Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan Shvetsiya 
davlat bankining iqtisodiy fanlar bo‘yicha mukofoti» tavsiya etildi. 
Shunisi qiziqarliki, Nobel jamg‘armasi nizomiga binoan, Shvetsiya 
Qirolligining Fanlar akademiyasi a’zolari; Iqtisodiyot bo‘yicha A.Nobel 
xotirasi mukofoti qo‘mitasi a’zolari; Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, 
Islandiya va Norvegiya universitetlari hamda oliy o‘quv yurtlarining 
doimiy asosda ishlovchi tegishli fanlar bo‘yicha professorlari; Fanlar 
akademiyasi tomonidan tanlangan, kamida oltita universitet va 
institutning tegishli kafedra mudirlari; Akademiya taklifi bilan boshqa 
olimlar ushbu nufuzli mukofotga nomzodlar ko‘rsatishlari mumkin. 
2011-yilgacha 67 nafar iqtisodchi ushbu mukofot bilan taqdir- 
langan. Eng qiziqarlisi, shundaki, hozirgi vaqtga kelib ularning orasida 
faqat 
birgina 
ayol 
Elionor 
Ostromxonim 
(Elinor 
Ostrom), 
Blumingtondagi Indiana universiteti professori sifatida faoliyat yuritadi. 
U 2009-yilda Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel xotirasi mukofotiga “iqtisodiy 
tashkilot sohasidagi tadqiqotlari uchun” sazovor bo‘lgan edi. Jumladan, 
2010-yilda Amerikalik Piter Daymond, Deyl Mortensen va Kiprda 
yashovchi, britaniyalik Kristofer Pissarides Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel 
xotirasi mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Bunday yuksak mukofot mehnat 
bozoridagi mavjud tadqiqotlar uchun ularga topshirildi. 


361 
Ularning ilmiy ishlari mehnat bozorida bo‘sh o‘rinlar borligiga 
qaramasdan ishsizlik mavjudligi, bunday holatga qanday qilib ta’sir 
qilishi mumkin, degan savollarga javob berdi. 
Laureatlarning mukofot topshirilgan paytdagi o‘rtacha yoshi 66,5 
yosh bo‘lib, ushbu muammo mualliflarining o‘rtacha yoshi 51 yoshga 
to‘lgan. 2007-yildagi laureat Leonid Gurvits 90 yoshga kirgan qariya 
hisoblanadi. Hozirgi paytda yashayotgan laureatlar orasida eng yoshi Pol 
Krugman (1953-yil 28-fevralda tug‘ilgan)
179

Shu o‘rinda Nobel mukofotini olgan olimlar va ularni ishlari bilan 
tanishtirib o‘tamiz. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin