Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Alfred  Marshallning (1842–1924) «Ekonomiks tamoyillari» (1890)



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Alfred 
Marshallning (1842–1924) «Ekonomiks tamoyillari» (1890) 
kitobida 
ancha 
tizimlashtirilgan 
ko‘rinishda 
ifodalangan. Mazkur asar birinchi katta darslik 
vazifasini o‘tagan. Unda talab va taklif to‘g‘ri- 
sidagi konsepsiyalar birlashtirilgan va ayrim 
bozorlarni 
o‘rganish 
uchun 
matematik 
dastaklar keng qo‘llanilgan. A.Marshall va 
uning hamfikrlari xizmati tufayli yangi klassik 
nazariya XX asrning 30 - yillarigacha iqtisodiy 
fanda yetakchi o‘rinni egallab keldi. 
A.Marshall 
marjinalizm 
g‘oyalarini 
mustaqil (Jevonsga bog‘liq bo‘lmagan holda) 
va o‘ziga xos uslubda rivojlantirdi. Klassik 
maktab (Smit, Rikardo, Mill) va marjinalizm (Mengerdan Valrasgacha) 
yutuqlarini birlashtiruvchi nazariy tizim yaratdi. 
Qiymat (qimmat) va narxning shakllanishi nazariyasi. 
Iqtisodiy 
fikrlar tarixida eng qiyin va murakkab muammolardan biri – qiymat 
muammosi hisoblanadi. A.Marshallning asari vujudga kelgunga qadar 
Alfred Marshall (1842–1924) 


274 
tovar qiymati muammosiga bo‘lgan ikki xil yondashuv mavjud bo‘lgan: 
qiymat yo ishlab chiqarish xarajatlari bilan, yoki tovarning foydaliligi va 
noyobligi bilan aniqlangan. Birinchi yondashuvga muvofiq, boylikning 
o‘sishi yo resurslar (mehnat, kapital va yer)ning unumdorligi natijasi 
yoki ishlab chiqarish omillari egalarining kelgusida daromadlarni 
ko‘paytirish maqsadida bugungi ne’matlardan voz kechishi oqibatidir. 
Ikkinchi yondashuvga (me’yorli foydalilik nazariyasi) ko‘ra, qiymatning 
asosida bozor qatnashchilari tomonidan buyumning foydaliligiga 
berilgan subyektiv baho yotadi. Bu borada turli yondashuv vakillari 
o‘rtasidagi bahslar ko‘pincha abstrakt, behuda, samarasiz bo‘lgan. 
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, A.Marshall bu 
bahslarga nuqta qo‘ydi va zamonaviy mikroiqtisodiy tahlil asosini 
yaratdi (iqtisodiy fikrlar tarixi bo‘yicha ba’zi kitoblarda esa, hatto 
fandagi 
«marshall inqilobi» 
to‘g‘risida ham gap yuritiladi). Uning 
xizmati shundan iboratki, u qiymatning birinchi (asosiy) sababini 
qidirishni tahlil qilishdan talab va taklifning shakllanish va o‘zaro ta’sir 
ko‘rsatish qonuniyatlarini o‘rganishni tahlil qilishga o‘tishning 
zarurligini asoslab berdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, A.Marshall 
qiymat nazariyasini baho nazariyasi (yoki bozor muvozanati 
nazariyasi)ga turlantirdi. 
A.Marshall marjinalistlar yutug‘iga yuqori baho bergan holda, 
ularning klassik maktabni va D.Rikardoning xarajatlar nazariyasini bir 
tomonlama tanqid qilganini ko‘rsatib o‘tdi. Marjinalistlar qiymatni 
ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘lab tushuntirishni rad etgach, tovar 
qiymatining (qimmat) asosini uning foydaliligi tashkil etadi deb, mazkur 
muammoga bir tomonlama yondashdilar (ular qimmatni faqat me’yorli 
foydalilik bilan tushuntirdilar). A.Marshall me’yorli foydalilik 
nazariyasini talab va taklif nazariyasi bilan va ishlab chiqarish xarajatlari 
nazariyasi bilan birlashtirdi. A.Marshallning tasdiqlashicha, ishlab 
chiqarish xarajatlari tamoyillari va me’yorli foydalilik – talab va taklif
qonunnining tarkibiy qismlaridir. Ularning har qaysisini 
«qaychining tig‘laridan biriga qiyoslash mumkin. Agar bir tig‘ 
qo‘zg‘almas bo‘lib va qirqish ikkinchisining harakati tufayli amalga 
oshirilayotgan bo‘lsa, biz beparvolik bilan lo‘nda qilib, ikkinchisi 
qirqayapti deb aytishimiz mumkin…». Marjinalistlarning xatosi talab va 
taklif simmetriyasiga yetarlicha baho bermaslikdan iborat, yutug‘i 


275 
esa ulargacha chetda qolib ketgan talab muammosiga e’tiborni 
qaratganligidadir. 
O‘z mohiyatiga ko‘ra, A.Marshall bo‘yicha, real qiymat – bu talab 
va taklif ta’sirida shakllanadigan muvozanat baho. Bunda talab ham, 
taklif ham teng huquqli omil sifatida qatnashadi. A.Marshall taklifni 
(klassik nazariya), yoki talabni (me’yorli foydalilik nazariyasi) hal 
qiluvchi omil sifatida ko‘rsatishga bo‘lgan klassiklar va marjinalistlar 
urinishlarning har ikkalasi noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib berdi. Shu 
asosida A.Marshall oldingi qiymat nazariyalaridan eng muhim qoida va 
konsepsiyalarni olib bir butun tamoyilga birlashtirdi. Masalan, sarfli 
qiymat nazariyasi bozor taklifining shakllanish qonuniyatlarini 
tushuntirib berish uchun foydalanildi, me’yorli foydalilik nazariyasi esa 
bozor talabining shakllanish qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun 
ishlatildi. A.Marshall tovar qiymati (bahosi)ni aniqlashda me’yorli 
foydalilik va ishlab chiqarish xarajatlarini sintezlashtirdi. A.Marshall 
bo‘yicha, tovar qiymati (bahosi) ikki omil: foydalilik va ishlab chiqarish 
xarajatlari bilan aniqlanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin