273
Marjinalistlar, davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik qoidalari
orqali iqtisodiy fanda yangi klassik yo‘nalishning boshlanishiga asos
soldilar. Bu yangi klassik yo‘nalishdir. Yangi klassiklarning
tasdiqlashicha, bozor mexanizmi xo‘jalik jarayonlarini o‘zi tartiblashga,
ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasida muvozanat o‘rnatishga qodir, erkin
bozorning o‘zaro ta’siri asosida shakllanadigan
munosabatlarga
davlatning aralashuvi esa, muvozanatning buzilishiga, iqtisodiy
samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun
yangi klassik yo‘nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor
imkoniyatlaridan to‘la foydalanish uchun kurashdilar. A.Smit
an‘analarini davom ettirgan holda, yangi klassiklar universal iqtisodiy
qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. Ular marjinalizm
metodologiyasiga suyangan holda, iqtisodiy fanning asosiy bo‘limlarini
o‘z ichiga oluvchi bir butun nazariy tizim yaratdilar. Xususan, firma
daromadlarni
taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha
takomillashtirildi, iste’mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun)
muvozanat nazariyalari yaratildi.
O‘sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning atoqli
vakillaridan
biri,
Kembrij
maktabining
rahnamosi
Dostları ilə paylaş: