Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

T.Veblen g‘oyalari 
T.Veblen – institutsionalizm asoschisi. 
Institutsionalizmning vatani 
AQSH, uning asoschisi 
Torsten Veblen 
(1857–1929) hisoblanadi. 
Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining 
dastlabki ko‘rinishlari T.Veblenning 
«Bekorchi sinf» nazariyasi 
asarida izohlab 
berilgan. 
Mazkur kitob muallifining fikriga ko‘ra, 
iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy reallik 
o‘rtasida juda katta uzilish mavjud. 
Birinchisi, 
garmoniyaga 
(muvozanatga) 
asoslanadi, 
ikkinchisida 
uzluksiz 
evolyutsiya sodir bo‘ladi, yashash uchun 
keskin kurash ketadi. Buyumning foydaliligi 
va unga erishishning qiyin va mushkulligini doimo taqqoslab boruvchi 
«iqtisodiy odam» modeli shak-shubhasiz eskirdi. Haqiqatda esa 
insonning xatti-harakati juda ko‘p omillarga ko‘pincha ichki qarama- 
qarshiliklarga bog‘liq. Taqlid qilishga va raqiblikka bo‘lgan tug‘ma 
moyillik bilan birga, uning xatti-harakatiga an‘ana, axloq, urf-odat
shuningdek, obro‘ga bo‘lgan intilish juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun iqtisodiy tahlil qilishda har xil «institutlarni» (ular 
yuqorida ko‘rib chiqildi) hisobga olish zarur. 
T.Veblenning fikriga ko‘ra, alohida subyektlarning xatti- harakatini 
emas, balki kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalarning ish 
harakatini o‘rganish kerak. Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy 
subyektlarning asosiy unsurlari (yer egalari, ishchilar, kapitalistlar va 
Torsteyn Veblen (1857–1929) 


287 
injener-texnik ishchilar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aniqlash 
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ularning roli har xildir. 
Bozor xo‘jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hokimiyat va 
mulk tadbirkorlar qo‘lida bo‘ladi. Oldin yagona bo‘lgan bu sinf 
keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga 
ajraladi. Kapital egalarini faqat o‘z kapitallariga keladigan foyda 
qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga qo‘ymaydilar, balki 
faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbayi bo‘lib real 
sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar 
hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari 
bekorchi sinfni 
tashkil etadi. 
Ishchilar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik 
mutaxassislar 
unumli sinf 
hisoblanadilar, ular o‘z kapitallariga ega emas 
va bekorchi sinf kreditga qo‘ygan vositalardan foydalanib ish 
yuritadilar. 
Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyotning 
amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi. 
Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik maqsadlarga foydalaniladi 
va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilmaydi. Kredit 
inflyatsiyasi vujudga keladi, uning orqasidan ssudani zudlik bilan 
qoplash talabi zarurligi kelib chiqadi. Natijada ommaviy bankrotlik va 
turg‘unlik yuzaga chiqadi, ular o‘zining davom etishi muddati bo‘yicha 
iqtisodiy yuksalish davridan ancha ortib ketadi. 
Bekorchi sinf bilan unumli sinf o‘rtasidagi antagonizmning 
yechilishi shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo‘liga o‘tadi. 
Kapitalga bo‘lgan mulkchilik aksionerlik 
shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk 
bo‘lishdan to‘xtaydi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin