40
ularni xususiy mulkka ega bo‘lmaslikni, balki jamoat mulkidan
foydalanishni tavsiya etgan. Lekin Aristotelning fikricha, xususiy mulk
jamiyatda foydali funksiyani bajaradi,
shu sababli uning miqdori
bo‘yicha cheklov o‘rnatadigan qoidalar tatbiq etilmaslik zarur.
Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‘shgan asosiy hissasi bu
tovarlar almashuvi hisoblanadi. Unga ko‘ra bu almashuvda esa tovar-
pul munosabatlari chuqur yoritilgan.
Uning fikricha, insonlarning
ehtiyoji uncha ko‘p emas, ammo istaklari cheksizdir. Shundan kelib
chiqib, ehtiyojni qondirishda tovarlarni ishlab chiqarish tabiiy holatdir,
ammo cheksiz istaklarni qondirish uchun
tovarlarni ishlab chiqarish
notabiiy holdir.
Aristotelning fikricha, tovarlarni bozorda sotish uchun ishlab
chiqarish, insonlar ehtiyojini yoki istaklarini
qondirish uchun amalga
oshirilishi sifatida ekanligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar
bozordagi almashuv barter shaklida bo‘lsa, bu tabiiy
ehtiyojni qondirish
uchun amalga oshirilgan va bundan iqtisodiy foyda ko‘zlanmagan holat
hisoblanadi. Ammo pul vositasidagi almashuvning asosiy maqsadi
Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish (xrematistika) ekanligi
ko‘zda tutiladi.
Aristotel ko‘rsatib o‘tgan qiziqarli masalalardan yana biri shundan
iboratki, yetishmovchilik muammosini oldini olish uchun iste’molni
kamaytirish, odamlarning tovarlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish
yo‘li bilan hal qilish mumkin
39
deydi.
Dostları ilə paylaş: