Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Yuniy Moderat Kolumella (m.o. I asr)



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Yuniy Moderat Kolumella (m.o. I asr) 
«Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» 
degan kitobida inqiroz va kolonatning 
(yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar 
o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi 
Rim qishloq xo‘jaligiga tavsif beradi. Uning 
fikricha, qullar yerni yaxshi ishlatmaydilar, 
yerdan 
yuqori 
hosil 
olish 
uchun 
qayg‘urmaydilar. Kolumella urug‘ni sepishdan 
boshlab to hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan 
davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi 
ishlamasligini, o‘g‘rilik qilishini va pirovard 
natijada donni qabul qilishda uning miqdorini 
hisob daftarida noto‘g‘ri ko‘rsatishini aytib 
berdi. U qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar 
mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha yerni 
ishlamaslikka intilishini ko‘rgan Kolumella, bunday yerlarni erkin 
kolonlarga bo‘lib berish, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish zarurligi 
to‘g‘risida fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi, Kolumellaning 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirish 
savollarini 
nisbatan 
to‘g‘ri 
tushunganligidan dalolat beradi. 
Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga 
bo‘lgan mulkchilikning oqsuyak patrisiylar qo‘lida to‘planishi va 
italiyalik ko‘pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‘lishi hisoblanadi. 
Xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlarni aka-uka 
Tiberiy (m.o. 162-
133-yy.) va Gay (m.o. 153–121-yy.) Grakxlar 
himoya qilib chiqishdi. 
Patritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarni yechish 
maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun qabul qilishni taklif 
qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning 
haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat 
etilgan. Bundan tashqari, bir oila 1000 
yugerdan ziyod yerga egalik qilishi man etilgan. 
Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo‘lgan 
va yerga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va 
uncha ko‘p bo‘lmagan soliq to‘lash sharti bilan 
30 yugerdan bo‘lib berilgan. 


44 
Mark Tulliy Siseron 
(m.o.106–43 y.) 
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va 
natijada o‘n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‘ldilar. Tiberiy 
Grakx ataylab o‘ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom 
ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik 
kambag‘allarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish to‘g‘risida 
qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon yer egaligi 
mavqeini kuchaytirish va aholi kambag‘allashuvining oldini olishga 
qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi va hatto Gay Grakx 
o‘limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta’minlash 
to‘g‘risidagi qonunni bekor qila olmadilar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin