Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

16.3.
 
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI NISBATI 
NAZARIYASI 
 
Qiyosli ustunlik nazariyasining zamonaviy turlanishi (ko‘rinishi) 
shved iqtisodchilari 
e
li Xeksher (1879–1952) 
va 
Bertil Olin (1899–1979) 
ishlab chiqqan 
ishlab 
chiqarish 
omillari 
nisbati 
nazariyasi 
hisoblanadi. 
D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlaridagi 
farqlarni tabiiy va geografik sharoitlar tufayli kelib 
chiqadigan farqlar bilan aniqlanishi nuqtai 
nazaridan ko‘rib chiqqan. Bu prinsip umuman to‘g‘ri, lekin yetarli emas. 
Jahon bozorida faqat neft, paxta, apelsin bilan savdo qilinmaydi. Tashqi 
savdo ayirboshlanishida ishlab chiqarish sanoati tovarlari va 
xizmatlarning hissasi tobora ortib borayapti. Bu mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va sotishda, jahon narxining shakllanishida tabiiy 
sharoitlardan ko‘ra boshqa omillar ko‘proq rol o‘ynaydi. 
E.Xeksher(1879-1952) 


396 
Masalan, Shvetsiya tashqi bozorga 
murakkab 
sanoat 
mahsulotlarini 
– 
avtomobillar va rolikli podshipniklarni, 
tog‘-kon 
uskunalari 
va 
dengizda 
ishlatiladigan motorlarni – yetkazib berish 
bilan samarali savdo qiladi. Ko‘p sohalarda 
raqobat ustunligini qo‘lda ushlab turgan 
aynan shu mamlakatda tashqi savdo 
nazariyasining yaratilishi bejiz emas. 
Mazkur nazariya texnologiyasi deyarli bir 
xil bo‘lgan savdo qilayotgan mamlakatlar 
ishlab chiqarish omillari (kapital, ishchi kuchi, yer) bilan bir xil 
darajada ta’minlanmaganligiga asoslanadi. 
Qiyosli 
xarajatlar 
konsepsiyasiga 
asoslangan holda, shved iqtisodchilari Xeksher 
va Olin bunday xarajatlar asosida nima 
yotishini tushuntirib berishga harakat qildi. 
Ular, savdo qilayotgan mamlakatlarda ishlab 
chiqarish omillari kombinatsiyasi umuman 
o‘xshash bo‘lgan sharoitda xarajatlar 
darajasidagi farq asosan ularning ishlab chiqarish omillari bilan 
ta’minlanligiga bog‘liq, deb xulosa qiladi. 
Xeksher-Olin tadqiqotida tashqi savdoda xarajatlari nafaqat tabiiy 
sharoitlardagi farq bilan, balki savdo ishtirokchilari ta’minlangan har 
xil omillar narxi bilan ham aniqlanadi. Bir xil omillar ortiqcha, boshqa 
bir omillar yetishmaydi. Bir turdagi omillarning narxi nisbatan yuqori, 
boshqa turdagi omillarning – nisbatan past. Omillarning narxi ularning 
kamyobligi bilan aniqlanadi: odatda, tanqis omillar – qimmat, ortiqcha 
omillar – arzon. Agar mamlakatda qandaydir bir omil boshqa omillarga 
nisbatan ortiqcha bo‘lsa, masalan, arzon ishchi kuchi ko‘p bo‘lsa, unda 
bu mamlakat mehnat talab mahsulotlarni (to‘qimachilik, kiyim-kechak 
va b.) ishlab chiqarishga va ularning savdosiga ixtisoslashadi. Agar 
mamlakatda kapital ortiqcha bo‘lsa, unda bu mamlakatga kapital 
sig‘imli mahsulotlarni (mashinalar, asbob-uskunalar) eksport qilish 
foydali. 
Masalan, arzon ishchi kuchiga ega bo‘lgan Janubiy Koreya mehnat 
talab mahsulotlarni (kiyim-kechak, avtompbil, kundalik turmush elektr 
B.Olin (1899-1979) 


397 
V.Leontev (1905-1999) 
asboblarini) eksport qiladi: Xitoyga kiyim-kechak, to‘qimachilik 
mahsulotlarini eksport qilish qo‘l keladi. Shvetsiya po‘lati va metall 
mahsulotlarining raqobatdagi ustunligi shundaki, mamlakatda qazib 
olinadigan temir rudasi yuqori sifatli po‘lat eritish xususiyatiga ega. 
Demak, 
Xeksher-Olinning 
tashqi 
savdo 
modeli 
asosida 
xarajatlarning tuzilishi, ortiqcha ishlab chiqarish omillarining past narxi 
yotadi. Mamlakat ortiqcha ishlab chiqarish omillaridan intensiv 
foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksport qiladi, ishlab 
chiqarish omillari tanqis bo‘lgan tovarlarni esa import qiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin