Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

M.Poznyer, G.Xufbaujr, 
L.Uells 
va boshqa iqtisodchilar qatnashdi. Lekin birinchi marta bu 
nazariyaning tasnifiy bayoni 1966-yilda atoqli Amerika olimi 
R.Varronning 
“Mahsulotning hayotiy sikli nuqtayi nazaridan 
ko‘rilgan xalqaro investitsiyalar va xalqaro savdo” 
maqolasida e’lon 
qilingan. 
AQSH eksport tuzilmasini tahlil qilish natijalari mazkur 
nazariyaning yaratilishiga bevosita turtki bo‘ladi. Tahlil natijalari jahon 
bozorida raqobatbardoshlik asosini tashkil etuvchi tarmoqlar 
majmuining o‘zgarib turishini ko‘rsatib berdi. XX asr boshiga kelib 
bunday tarmoqlar jumlasiga to‘qimachilik va o‘rmontexnik sanoati, qora 
metallurgiya, mashinasozlik kiritilgan. 30-yillarning oxiriga kelib 
tarmoqlar majmui va tartibi o‘zgardi (birinchi o‘ringa mashinasozlik 
chiqdi, oziq-ovqat sanoati ilg‘or ekport qiluvchi tarmoqlar qatoriga 
qo‘shildi), 60-yillarning boshiga kelib esa, transport vositalarini, asbob-
uskunalarni, kimyoviy tovarlarni, elektr uskunalarini va boshqa 
mashinalarni ishlab chiqarish tarmoqlari Amerikaning asosiy eksport 
qiluvchi tarmoqlari majmuini tashkil etdi. 
Urushdan keyingi tashqi savdo tuzulmasi tahlili natijalari eksport 
tarmoqlarida 
ilmsig‘imli 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqaradigan 
tarmoqlarning roli ortib borayotganligini aniqlab berdi. Shu sababli 
“ilmsig‘imli tarmoqlar” atamasi kiritilidi. Hozir ilmsig‘imli tarmoqlar 
oldingi qatorga ko‘tarildi va ular mamlakatning jaxon bozorida raqobat 
qudratini belgilab bermoqda. 
“Ilmsig‘imli” atamaning muomilaga kiritilishi ishlab chiqarish 
omillari to‘g‘risidagi tushunchani qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. 


399 
Ilmsig‘imli mahsulot – mehnat sig‘imli mahsulotning o‘zgargan 
shaklidan boshqa narsa emas. Ko‘pchilik ilmiy-texnik xodimlari (barcha 
yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqoriligi va ko‘p 
sonli yuqori malakali ishchilarining mavjudligi tufayli ilmsig‘imli 
mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda ishchi kuchiga 
to‘g‘ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab 
chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining hissasi ham 
har xil bo‘ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jihatdan bir 
xil deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‘llash xatodan xoli emas. 
Shu bois “mahsulotning hayotiy sikl” nazariyasi mualliflari mehnatni bir 
qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati, 
malakasiz mehnat va b. shunday qilib, ikki omilli model ko‘p omilga 
aylandi, ya’ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal 
qiladi. 
Har bir omil ahamiyatining o‘zgarishiga muvofiq ravishda ishlab 
chiqarishning uch fazaga (ular “mahsulotning hayotiy sikli”ga mos 
tushadi) bo‘linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab 
bo‘ldi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin