404
Raqobat
ustunligini
ushlab
turishda
davlatning
qo‘llab-
quvvatlashi, o‘zgaruvchan va samarasi tashqi siyosatning roli katta.
Bunday
siyosat
korxonalar
faoliyatini
muvofiqlashtirish
va
rag‘batlantirishga, qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Chet el
raqobatchilari oldida ustunlikni qo‘lga kiritish va ushlab turishni
korxonalar o‘zlari amalga oshirishi kerak.
Ishlab chiqarish omillariga suyangan holda jahon bozorida u yoki
bu mamlakatning ustunlikni qo‘lga kiritishi o‘ziga xos xususiyatga ega.
Ishlab chiqarish omillarining o‘zi borgan sari o‘zgaruvchan, ko‘chib
yuruvchan bo‘lib boradi. Kapital investitsiya qilinadi va boshqa
mamlakatlarga oqib o‘tadi; ishchi kuchi ish haqi ancha yuqori, mehnat
sharoiti ancha yaxshi mamlakatlarga ko‘chib o‘tadi; fan-texnika
yangiliklari
ham eksport, ham import qilinadi. Ishlab chiqarish
omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‘zining maxsus xususiyatga
ega. Shu bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi
sohasidagi rag‘batlantirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi.
Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining
xalqaro harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan siyosatda asosiy
qoidalar hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi
miqdoriga bog‘liqligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda
bunday
kvota yuqori, negaki bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi
savdoga ancha katta darajada bog‘liq bo‘ladi. Shu narsa ham ayonki, har
qanday mamlakat milliy xo‘jaligining holati tashqi savdo va to‘lov
balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa
mamlakatning to‘lov balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan
qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday
mamlakatning qarzlari
ko‘paydi, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi.
Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, tashqi savdo va tashqi
iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab bo‘lmaydi. Bu yerda
universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat
tashqi valuta tushumlariga bog‘liq, balki jahon va ichki narxlar
dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham
bog‘liq. Tashqi savdo nazariyalari
va siyosati ildizi, odatda, to‘lov
balansi holatiga borib taqaladi. To‘lov balansi milliy valutaning
ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va
qarzlari bo‘yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini, iqtisodiy
405
siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy
ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Hozirgi davrda jahon savdosining
xalqaro kapital harakatiga
bog‘liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan
oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovaluta
bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo‘lmoqda, bu
bozorlarning ko‘lami ancha kengaymoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, samarali tashqi savdoga, uning dinamikasi va tuzilishiga
ta’sir etuvchi turli-tuman omillarning
barchasini hisobga oladigan
amaliyotda bironta ta’limot amal qilmaydi. Iqtisodiy nazariyalarda
tajribalar umumlashtiriladi, tamoyillar shakllantiriladi, kerakli xulosalar
chiqariladi, lekin tayyor andozalar yo‘q. Hamma qabul qilgan, yagona
xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi.
Garvard universitetining professori
Dostları ilə paylaş: